Qo`mita yangiliklari

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha - "Mahallabay" va "Fuqarobay" tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni oʻrganish hamda ularning yechimini topish, avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Statistika agentligi ham faol ishtirok etmoqda.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 18 167 nafar Fransiya fuqarolari tashrif buyurgan.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-noyabr holatiga koʻra, Toshkent shahrida 16 yoshgacha bolali uy xoʻjaliklari 60,9 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning 25-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan 2023-yil amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2023-yilning yanvar-noyabr oylari yakuniga koʻra, pochta va kuryerlik xizmatlari hajmi 1 022,9 mlrd. soʻmga yetgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 5 975,7 tonna yogurt ishlab chiqarilgan.

2023-yilning 26-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti qoshidagi Iqtisodiyot fanlari boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.29/30.12.2019.I.92.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Jizzax viloyati boʻyicha 37 810 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, qushlar sonining hisobini oʻtkazish natijalariga asosan, respublika boʻyicha yovvoyi hayvonlarni qoʻriqlash va koʻpaytirish tadbirlarini bajaruvchi tashkilotlarda mavjud kakliklarning umumiy soni 232,3 mingtani tashkil etgan.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha - "Mahallabay" va "Fuqarobay" tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni oʻrganish hamda ularning yechimini topish, avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Statistika agentligi ham faol ishtirok etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 155 220,8 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Respublikamizda 2023-yil 1-dekabr holatiga koʻra, tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng koʻpi masʻuliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Buxoro viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 18 339,9 ming soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida, Sirdaryo viloyatida jami 3,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023-yil yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga jami 13,8 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Samarqand viloyatida jami 1 607 ta moddiy madaniy meros obyektlari mavjud.

Aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam oʻrnatilganligi va nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalar holatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-noyabr holatiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 16 yoshgacha bolali uy xoʻjaliklari 76,2 % ni tashkil etgan.