Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Qashqadaryo viloyatida jami 7,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatida aholi mablagʻlari hisobidan  moliyalashtirilgan 2,7 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 23,4 %ga koʻpaydi.

 Namangan viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 65,6 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 8 265 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Hindistonga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida yengil avtomobillar va yengil avtotransport vositalarini ijaraga berish boʻyicha xizmatlar hajmi 3 274,2 mlrd. soʻmga yetdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 243,7 ming tonna kerosin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,9 barobarga oshgan.

2023-yilning 28–30-noyabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy komisssiyasi (ESKATO) hamda BMTning Statistika departamenti tomonidan statistik va keng ko‘lamdagi maʼlumotlarning integratsiyasiga bagʻishlangan seminar o‘tkazildi.

2023-yilning yanvar–oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Navoiy viloyati boʻyicha 6 872 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 3 575,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 6,8 %ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar–sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 60,4 %ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2023-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, 67 347 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Toshkent shahrida jami 29,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Fargʻona viloyatida aholi mablagʻlari hisobidan  moliyalashtirilgan 3,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 82,7 %ga  koʻpaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 30,7 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 908,6 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Tojikistonga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylari yakuniga koʻra sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 6 857,9 mlrd. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 108,4 %ga yetdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 110,6 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 9,5 %ga oshgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Namangan viloyati boʻyicha 18 417 ta nikoh holatlari qayd etilgan.