Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 57,0 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami 4 652,6 ming nafar chet el fuqarolari qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Joriy yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 42 945 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 6,3 foizini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida jami 4,8 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Surxondaryo viloyatida aholi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 1,5 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,2 %ga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Jizzax viloyati boʻyicha 9 598 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Toshkent viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 80,0 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4 018,4 ming dona bamper ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,7 % ga oshgan.

Andijon viloyatida YAHM hajmi joriy narxlarda 44 718,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 4,5 % ga o‘sdi.

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2023-yil 19-noyabrdagi 241-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi boshqarma boshligʻi Shohrux Odilovning “Raqamli texnologiyalar milliy statistik maʼlumotlarni qanday qilib bir daqiqada yetkazib beryapti?” nomli maqolasi chop etildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlar ulushi 63,1 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami 5 545,3 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida qurilish sohasida 4 212 ta yangi korxona tashkil etilgan.

2023-yil yanvar-sentabr oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda oʻrtacha 428,8 ming nafar yoʻlovchilar tashilgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Navoiy viloyatida jami 5,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyatida aholi mablagʻlari hisobidan  moliyalashtirilgan 1,9 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va jami investitsiyalardagi ulushi 14,7 %ni tashkil etdi.

2023- yilning 1-noyabr holatiga O‘zbekiston Respublikasida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 35 127 tani tashkil etdi.

2023- yil 1- noyabr holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 96 664 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 313 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 96 351 tani tashkil qildi.