Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida ko‘rsatilgan Ijara xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida 1 745,2 mlrd. so‘m qayd etilgan.

2022- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 2 106,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 5,3 % ga o‘sdi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Andijon viloyatining aholi jon boshiga qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi joriy narxlarda 7 566,0 ming soʻmni, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati -101,8 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 519,4 ming tonna sulfat kislota ishlab chiqarilgan

Namangan viloyatida  2022- yil yanvar- sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 5675,8 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,5 % ni tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari faoliyati bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari hajmining yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida 4 842,4 mlrd. so‘m, Toshkent viloyatida 1 841,8 mlrd. so‘m va Namangan viloyatida 1 252,1 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

Sirdaryo viloyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 2022- yil yanvar-sentabr oylarida 6,4 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Toshkent viloyatida 37,7 % uy xo‘jaliklarida 6 va undan ko‘p kishilar istiqomat qilmoqda.

2022-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda bemorlarning statsionar davolash muassasalarida oʻrtacha davolanish davomiyligi 6 kunni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet va boshqalar xizmatlari) to‘g'ri keladi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 627,5 trln. so‘mga yetdi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasining aholi jon boshiga qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi joriy narxlarda 4 250,8 ming soʻmni, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 99,7 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4 138,4 tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan.

Respublikamizda 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida, qurilish sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subektlarining soni 4 389 tani tashkil etdi.

2022- yilda narxlar pasayishi bo'yicha yuridik xizmatlar (-23,1 %) yetakchilik qilib, bu holat transport vositalarini ro'yxatdan o'tkazishda davlat bojining pasaytirilishi bilan bog'liq.

Navoiy viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 4224,9 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 99,9 % ini tashkil qildi.  

2022- yilning yanvar- noyabr oylarida, fuqarolik obyektlarini qurish faoliyati bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining 2021- yilga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati Samarqand viloyatida kuzatilgan bo‘lib, 3,1 marotaba oshgan.

Buxoro viloyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 2022- yil yanvar-sentabr oylarida 7,6 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.