Qo`mita yangiliklari

2022- yil yanvar-iyul oylarida turistik agentliklar, turoperatorlarning xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlarning yuqori o‘sishi Xorazm (69,0 foiz), Namangan (44,4 foiz), Buxoro (35,0 foiz) va Qashqadaryo (29,0 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonda 187 610 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

2022- yilning yanvar-iyun yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi 2 137,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Respublikamizda 2022- yil yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 61 235 tani tashkil etgan.

2022- yilning avgust oyida olma 1 oyda 2,9 % ga, yil boshidan 17,5 % ga, bir yilda esa 15,2 % ga arzonlashgan.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida uy xo‘jaliklari a’zolari jismoniy mashqlar bilan bir kunda bir soatdan kam shug‘ullanuvchilar ulushi 73,7% ni tashkil etdi, bir soat shug‘ullanuvchilar – 14,7% ni, bir soatdan ortiq shug’ullanuvchilar esa – 11,6% ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik  subyektlarining сhakana savdo aylanmasidagi ulushi 77,3 % ni   tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 68,4 trln. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida jami 6,3 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 81642,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 106,2 % ni tashkil etdi.

2021/2022- o‘quv yilida Respublikamizdagi universitetlar soni 78 tani tashkil etib, 461,0 ming nafar talaba tahsil olmoqda.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 149,4 ming t. go‘sht (2021-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 101,8 %), 473,9 ming tonna sut (101,0 %), 517,6 mln. dona tuxum – (84,8 %), yetishtirildi va 4 958 t. baliq (135,7 %) ovlandi.

2022- yilning 1- sentabr holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 571 332 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,2 foizga oshganligi va shu bilan birga 88,7 foizini (507 001 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

2021- yil yakunlariga koʻra, mamlakatimizda texnologik innovatsiyalarni joriy qilgan tashkilotlar soni 1098 tani tashkil etgan.

Davlat statistika qoʻmitasi tizimidan ham 19 nafar respublika vakillari tuman va shaharlardagi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha hokim yordamchilari bilan birgalikda faoliyat yuritmoqda.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasida  4 755 nafar 40 va undan yuqori yoshdagi farzandli boʻlgan ayollar qayd etilgan.

2022- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 5,7 % ga o‘sdi.