Qo`mita yangiliklari

    2021- yilning yanvar-avgust oylarida 5 968 ta mebel ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 1,4 trln. so‘mlik mebel mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 23,7 % ni tashkil etib, 2020- yilning yanvar-avgust oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 4,0 % punktga kamaydi.

2021- yilning yanvar - iyun oylarida Namangan viloyatida  jami 5367,0 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, ularning 26,3 % i yoki 1411,4 mlrd. so‘m qurilish-montaj ishlarini bajarishda o‘zlashtirildi.

2021- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, tashish va saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 3,5 foizni (soni 18 467 ta) tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-avgust oylarida hududlar bo‘yicha mobil telefon importi:

2021- yilning yanvar-avgust holatiga 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan konditsionerlar soni 40 tani tashkil etgan.

O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-avgust oylarida qiymati 2,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,5 ming tonna sarimsoqpiyoz eksport qilgan.

Respublikamizda 2021- yilning yanvar–avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 46 mlrd. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

2021- yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 9,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 501 ta elektromobil import qilingan.

Respublikamizda 2021- yilning yanvar–avgust oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan qariyb 8 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar- avgust holatiga, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 3,1 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 6,5 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 11,6 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 17,8 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 22,6 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 38,4 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.

2021- yilning 28- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida kadrlar salohiyatini oshirish, tizimda ilg‘or va zamonaviy metadologiyalarni keng targ‘ib etish maqasadida navbatdagi onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi.

2021- yilning 1- yanvar holatiga maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning jami soni 1,2 mln. nafarni tashkil etgan.

2021- yilning yanvar-avgust holatiga 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan changyutgichlar soni 59 tani tashkil etgan.

O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-avgust oylarida xorijiy davlatdan oyoq kiyimlarini eng ko‘p import qilgan hududlar:

2021- yilning yanvar-avgust oylarida, respublikamizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

 2021- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning ma'lumot darajasi bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

Davlat statistika qo‘mitasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi tomonidan hududiy statistika boshqarmalari bilan videokonferensaloqa tizimi orqali seminar tashkil etildi.