Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 14- noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ijtimoiy soha statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 13- noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi hamda Bosh yuriskonsult xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- martdagi 114-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash hamda mehnat huquqi qonunchiligini targʻib qilish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 12- noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish boʻlimi xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy  yilning 12-13-noyabr kunlari Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Statistika qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi bilan hamkorlikda MDH mamlakatlari statistika xizmatlari mutaxassislari ishtirokida milliy hisoblar tizimini yuritish boʻyicha xalqaro anjuman tashkil etmoqda.Tadbirning maqsadi milliy hisoblarni shakllantirish va makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni tuzish boʻyicha ilgʻor tajribalar almashish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdir.