Qo`mita yangiliklari

30- iyun – Oʻzbekistonda Yoshlar kuni munosabati bilan joriy yilning 28- iyun kuni “Rahbar va yosh statistika xodimlari” uchrashuvi oʻtkazildi.

2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik obyektlarini qurilishi boʻyicha 12,5 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida yangi qurilishga yoʻnaltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 66,5 trln soʻmga yetdi.

2024-yilning yanvar-may oylarida 8,3 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Janubiy Koreyaga ketgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 8,8 trln soʻmni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 14,0 % ga oʻsgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, axborot va aloqa tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 5 555,2 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning 1-iyun holatiga jami 294 950 ta masʼuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.

Statistika agentligi tomonidan, mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

Iste’mol narxlari indeksi (INI) iste’mol sektoridagi inflyatsion jarayonlarning asosiy indikatori sifatida alohida o‘rin egallab, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda hal qiluvchi ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Joriy yilning 28-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Oʻzbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.

Joriy yilning 28-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish – tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar yaratish garovi” mavzusida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida jami 59,1 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 7,2 % ga oshgan.

Joriy yilning 28-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam oʻrnatilganligi va nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalar holatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

2024-yilning yanvar-may oylarida respublikada koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 5 553,7 mlrd soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamiz boʻyicha dehqon va tomorqa xoʻjaliklari tomonidan olingan mahsulotlar:

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, sanʻat, koʻngil ochish va dam olish sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 1 001,4 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning 1-iyun holatiga koʻra, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 10 961 ta korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.