Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 80,2 mln. dona shprislar, ignalar, kateterlar va shu kabi tibbiy asboblar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 barobarga oshgan.

2024-yil 1-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 23–25-aprel kunlari Polshaning Vrotslav shahrida Evropa Ittifoqining Statistika idorasi tomonidan tashkil etilgan “Yevropa statistika tizimi sifat asoslari va standartlarini targʻib qilish – Sifat va metamaʼlumotlar hisobotlari uchun Yevropa statistika tizimi qoʻllanmasi” mavzusidagi seminar natijalari bo‘yicha taqdimot boʻlib oʻtdi.

2024-yil yanvar-mart oylari yakuniga koʻra, Toshkent metropolitenida bir kunda oʻrtacha 700,8 ming nafar yoʻlovchilar tashilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida Respublika boʻyicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 18 ming tonna baliq ovlangan.

Joriy yilning 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi hamda Bosh yuriskonsult xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi 114-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash hamda mehnat qonunchiligini targʻib qilish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 107,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sishi 6,2 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 96,7 % ini tashkil etdi va 6,3 % ga o‘sdi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-aprel holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida 27 886 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 7,1 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 105,2 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 37,7 ming tonna ohaktosh ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 13,8 % ga oshgan.

Statistika agentligi tomonidan, mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

Iste’mol narxlari indeksi (INI) iste’mol sektoridagi inflyatsion jarayonlarning asosiy indikatori sifatida alohida o‘rin egallab, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda hal qiluvchi ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIMi) hajmi joriy narxlarda 242 701,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Joriy yilning 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid oʻquv amaliy seminari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik  subyektlarining chakana savdo aylanmasidagi ulushi 83,8 % ni  tashkil etdi.

Joriy yilning 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi xodimlari uchun qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylari davomida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan jami 75,3 ming tonna sabzavot mahsulotlari yetishtirilgan.