Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 59,2 %ni tashkil etdi.

2023-yil 1-iyul holatiga, Namangan viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 746,0 ming boshni (2022-yil 1-iyul holatiga nisbatan 101,9 %), shundan sigirlar – 247,5 ming boshni (101,9 %), qoʻy va echkilar – 820,7 ming boshni (102,5 %), otlar – 7,0 ming boshni (103,2 %) hamda parrandalar – 6 230,2 ming boshni (105,7 %) tashkil etdi.

2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida kvartira (uy)lar soni 7 301,2 mingtaga yetib, shundan 79,9 foizi (yoki 5 836,7 mingta) yakka tartibdagi uy-joylar ulushiga toʻgʻri keldi.

Farg‘ona viloyatida YAHM hajmi 5,6 % ga o‘sdi va 29 396,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,4 %, sanoatda 104,2 %, qurilishda 121,3 % va xizmatlar sohasida 104,5 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6,8 million tonna sement ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 7,9 % ga oshgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik (biznes)  subyektlarining YAHMdagi ulushi 53,9 %ni tashkil etdi.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 23–26- avgust  kunlari kunlari Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) Davlatlararo statistika qoʻmitasi tomonidan seminar tashkil etilgan edi.

2023-yilning 1-avgust holatiga savdo sohasidagi faoliyat ko‘rsatayotgan  korxona va tashkilotlar soni 154 555 ta bo‘lib, ular jami korxonalar sonining  22,8 % ulishini tashkil etadi.

Xalqaro elektr aloqa ittifoqi taklifiga binoan, 2023-yilning 28–30-avgust kunlari Qirg‘iz Respublikasining Issiqko‘l viloyatida “Raqamli transformatsiya” mavzusida mintaqaviy forum bo‘lib o‘tgan edi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 5 593,6 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 11,9 % ga  koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Sirdaryo viloyati boʻyicha 1 852,0 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida FHDYO organlari tomonidan Samarqand viloyati boʻyicha 74 866 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3 962 nafarga (5,6%) koʻpaygan.

2023-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlar ulushi 59,9 %ni tashkil etdi.

2023-yil 1-iyul holatiga, Buxoro viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 309,3 ming boshni (2022-yil 1-iyul holatiga nisbatan 102,4 %), shundan sigirlar – 426,1 ming boshni (102,3 %), qoʻy va echkilar – 2 383,7 ming boshni (103,7 %), otlar – 7,3 ming boshni (100,2 %) hamda parrandalar – 7 406,9 ming boshni (122,8 %) tashkil etdi.

2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida bir kishining oʻrtacha uy-joy bilan taʼminlanishi 18,5 kv.m.ni tashkil etdi. Xududlar orasida eng yuqori koʻrsatkich Xorazm (24,1 kv.m) va Navoi (24,0 kv.m) viloyatlarida qayd etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 18 520,2 tonna sovun ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,7 martaga oshgan.

Jumladan, 2023-yil 1-sentabr holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari 478,3 mingtani tashkil etdi, ulardan 411,3 mingtasi kichik korxona va mikrofirmalar.

2023-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 726 tani tashkil etdi.