Qo`mita yangiliklari

Jizzax viloyatida  2023-yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 625,7 milliard so‘mni yoki 2022- yilning yanvar-martiga nisbatan o‘sish sur’ati 98,7 % ini tashkil qildi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda. Xususan, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar mahalliy kompaniyalarga tashqi bozorlarda ko‘proq tajriba orttirishga imkon beradi. Pirovardida ular jahon savdosida raqobatdosh ustunlikka ega bo‘ladi.

Bugungi kunda respublikada 69,6 mingta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 11,5 mingtasi (ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar umumiy sonining 16,4 % i) Toshkent shahriga, 7,9 mingtasi (11,4 %) Farg‘ona viloyatiga, 7,1 mingtasi (10,2 %) Toshkent viloyatiga, 6,2 mingtasi (9,0 %) Samarqand viloyatiga va 5,5 mingtasi (7,9 %) Andijon viloyatiga to‘gri kelmoqda

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-.yilning yanvar-iyun oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 212.840,6 mlrd. so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan (114,5.%) o‘sish sur’ati 112,3 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 1,5 trln. soʻmni tashkil etib, asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan jami investitsiyalardagi ulushi 41,1 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-may oylarida Qashqadaryo viloyati boʻyicha 3 259,2 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

Avval xabar qilinganidek, 2023-yil 18-19-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasiga Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlatlararo statistika qo‘mitasi delegatsiyasi tashrif bilan keldi.

Joriy yilning 12-14-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi xodimlari YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magi bilan Vashingtonda (AQSh) Open Data Watch (ODW) tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan ma’lumotlarning ochiqligi va sifati, metama’lumotlar va ma’lumotlarni tarqatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan treningda ishtirok etishdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga hayvonot bogʻlarida jami 18 652 turdagi hayvonot dunyosi namunalari va nusxalari mavjud boʻlib, shundan 426 tasini sudralib yuruvchilar tashkil etadi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Toshkent viloyati boʻyicha 33 404  ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Joriy yilning 19-iyul kuni Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Yashirin iqtisodiyot statistik baholashni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Ziyoda Kamilovaning 2023-yilning 10-14-iyul kunlari Olmaota shahrida (Qozog‘iston) Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston davlatlari uchun salohiyatni rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etilgan “Soliq-byudjet statistikasi sifatini oshirish” mavzusida tashkil etilgan hamda Davlat moliyasi statistikasi (DMS) va Davlat sektori qarzi statistikasi (DSQS) bo‘yicha beshinchi mintaqaviy seminardagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

2023-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha tashish va saqlash tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 460,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 8,0 % ga o‘sdi.

2022-yil yakunlariga koʻra respublika boʻyicha jami 185 ming tonna baliq ovlangan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2021-yilga nisbatan 107,8 %ni tashkil etgan.

2023- yilning 1- iyul holatiga O‘zbekiston Respublikasida qurilish faoliyati  bilan shug‘ullanayotgan korxona va tshkilotlarning umumiy soni 34 102 tani tashkil etdi.

Joriy yilning 18-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan taklif etilgan, Axborot kodeksi loyihasi bo‘yicha ekspert Tobi Mendel bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 13,7 ming tonna mis sim ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 29,1 % ga oshgan.

2023-yilning 1-iyul holatiga respublikamizda jami 34102 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘sa, ulardan 2 526 tasi joriy yilning yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida statistika idoralari faoliyatining tarixi va bugunini aks ettiradigan “Statistika muzeyi” tashkil etildi.