Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar oyida Sirdaryo viloyatida jami 156,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yil 1-fevral holatiga koʻra mamlakatda faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 572,0 ming birlikni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabrida  kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 347 222,0  mlrd. so‘mni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi  dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligi xissasiga to‘g‘ri kelib 222 069,6  mlrd. so‘mni, kichik korxonalar va mikrofirmalar esa 125 152,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Statistika agentligi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 77,7 %ni tashkil etadi.

Isteʼmol bozoridagi narxlar oʻzgarishlari boʻyicha tanlanma kuzatuvlar natijalariga koʻra, bulgʻori qalampiri narxlari joriy yilning fevralida oʻtgan yilning fevral oyidagiga qaraganda 21,4 % ga past boʻlgan.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda qayd etilgan nikohlar soni 296,7 ming nafarni tashkil etgan. Shundan 50 yosh va undan katta yoshdagilar oʻrtasida qayd etilgan nikohlar soni quyidagicha:

2023-yilning yanvar oyida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet va boshqalar xizmatlar) toʻgʻri keladi. Ularning ulushi 66,4 % ni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 40,3 % ni, sanoat – 15,0 % ni, qurilish – 7,3 % ni va xizmatlar sohasi – 37,4 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar - dekabr oylarida Samarqand viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 43 933,0 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,7 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 1,1 ming tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 43,8 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar oyida yangi tashkil etilgan savdo korxonalari soni  2 519 tani tashkil etgan bo‘lib, so‘nggi yillarning mos davrida  ular sonining o‘zgarishi quyidagicha:

2022- yilning yanvar-dekabrida  kichik tadbirkorlik subyektlarining bajarilgan qurilish ishlari hajmi 93, 6 trln. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar oyida Samarqand viloyatida jami 285,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Buxoro viloyatida 12,0 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi. 

2023 yilning 1-yanvar holatiga Buxoro viloyatidagi maktablarda 331 615 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

Statistika agentligi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 74,4 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning fevralida kartoshka narxi oʻtgan yilning mos davridagi narxga nisbatan 8,0 % ga past boʻlgan. Shu bilan birga, 2023-yil fevral oyi davomida kartoshka narxi 2,4 % ga oshganligi kuzatildi.

2023-yilning yanvar oyida savdo xizmatlarining umumiy hajmida avtomobillar va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo boʻyicha xizmatlarining ulushi 65,1 % ni tashkil etdi.