Qo`mita yangiliklari

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahrida sanoat tarmog‘ining YAHM tarkibidagi ulushi 33,5 % ni, qurilish – 10,1 % ni va xizmatlar sohasi – 56,4 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 24 300,2 tonna pilla yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 106,7 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 42,4 ming tonna tozalangan kungaboqar yoki maxsar yogʻi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 152,1 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-fevral holatiga tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 20 207 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlar ulushining 3,5 foizini tashkil etdi. Ularning so‘nggi besh yildagi o‘sish dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks topdi:

2022- yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 19,9 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021- yilda 20,1 %ni tashkil etgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvarida oziq-ovqat mahsulotlari guruhlari orasida yogʻlar va moylar (-0,4 %) hamdashakar, qandolat mahsulotlari va desertlar (-0,5 %) guruhidagi tovarlar narxlarida pasayish kuzatildi.

2022- yil yanvar-dekabrda  kichik tadbirkorlikda  tovar va xizmatlar  import hajmi 15 154,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Ulardan eng ko‘p import  kichik korxonalar xissasiga to‘g‘ri kelib,  8606,8 mln. AQSh dollarini tashkil qildi.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida jami 14,3 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2023- yilning yanvar oyida, O’zbekiston Respublikasida jami 5 011,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2023 yilning 1-yanvar holatiga Navoiy viloyatidagi maktablar soni 374 tani tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Jizzax viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 22,4 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilda 21,8 %ni tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlari hajmi 7 338,2 mlrd. soʻmni, 2021- yilga nisbatan oʻsish surʼati esa 107,7 % ni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko`ra qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Jizzax (51,9 %) va Surxondaryo (47,7 %) viloyatlarida, sanoatning eng yuqori ulushi Navoiy (69,3 %) va Toshkent (47,9 %) viloyatlarida, qurilishning eng yuqori ulushi Toshkentshahrida (10,1 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (8,3 %), xizmatlar sohasining eng yuqori ulushi esa Toshkent shahrida (56,4 %) va Farg`ona viloyati  (38,6 %) kuzatildi.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 2 726,0 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 16 535,8 tonna misdan quvurlar va trubkalar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 142,0 % ni tashkil etdi.

2023-yil 1-fevral holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalarining soni 177 011 ta bo‘lib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 barobarga oshgan.

2023-yilning yanvarida mevalar va yongʻoqlar narxlari 2022-yilning dekabriga nisbatan 0,9 % ga oshdi. 2022-yilning mos davridagi koʻrsatkich bilan taqqoslaganda bu 2,2 foiz bandga past boʻldi.

2022- yil yanvar-dekabrida oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 128 489,5 milliard so‘mni tashkil qildi. O‘sish sur’ati 2017- yilning yanvar–dekabriga nisbatan 3,7 martaga ko‘paygan.