Qo`mita yangiliklari

2022-yilning dekabrida olma narxlari 2021-yilning dekabriga nisbatan 20,6 % ga past boʻldi.

2023- yil 1- yanvar  holatiga  jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 592 371 tani tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 63 442 taga oshib, o‘sish sur’ati 112,0 foizni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida 22 245 dona “Nexia T-250” avtomobili ishlab chiqarilgan.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 134,7 ming tonna goʻsht (tirik vaznda), 368,7 ming tonna sut, 309,1 mln. dona tuxum ishlab chiqarildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra Namangan viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 9 828,7 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,9 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining nisbatan past hajmi Sirdaryo viloyati 1 729,4 mlrd. so‘m, Xorazm viloyati 2 132,9 mlrd. so‘m, Jizzax viloyati 2 277,1 mlrd. so‘m, Navoiy viloyati
2 744,4 mlrd. so‘mni qayd etdi.

2022- yil yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyatida  tog'-kon sanoati salmoqli o‘zlashtirilib, 3,9 trln. so‘mni yoki viloyatdagi jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 33,4 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 18,1 foizni yoki   20 861,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,4 foizga yetdi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida sartaroshxona va go‘zallik salonlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 5 104,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2021- yil yanvar-noyabriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,1 % darajasida qayd etildi.

2022- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 3 638,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 160,3 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 468,6 ming tonna – sut, 278,5 mln. dona – tuxum ishlab chiqarildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 72 235 dona “Damas” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 131,2 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra respublikamizda jami 367 149 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda.

2023- yilning 18- yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Bahodir Abdusalamovich Begalov ESKATO statistika qo'mitasi byurosining yig'ilishida ishtirok etdi.

2022-yilning dekabr oyida sement narxi oʻzgarishsiz qolgan boʻlsa, 2021-yilning yakuniga nisbatan uning narxlari 6,1 % ga oshdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik (biznes)da yo‘lovchi aylanmasi 90420,7 mln.yo‘l.kmni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan  103,2 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog`iston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi yuqori sur’atlarda o‘sishi kuzatildi.