Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston qiymati 903,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,4 mln. tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

2022-yil yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, barcha qatnov turlari boʻyicha jami temir yoʻl transportida tashilgan yoʻlovchilarning 14,2 % yoki 959,1 mingtasi “Afrosiyob” tezyurar poyezdida tashilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 9,2 % ga o‘sdi.

2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Qashqadaryo viloyatida ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 22 728,1 mlrd. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan-103,7 % oʻsish surʼatiga erishdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 72 321 dona “Gentra” avtomobili ishlab chiqarilgan.

Respublikamizda 2022- yil yanvar-oktabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 76 876 tani tashkil etgan.

2022- yilning oktabr oyida maishiy mebellar oylik nisbatda oʻrtacha 0,9 % ga, yil boshidan 8,6 % ga va yillik nisbatda 10,1 % ga qimmatlashdi.

Jizzax viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 2406,6 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,8 % ini tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand  viloyatida jami 6330,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 111,8 % ni tashkil etdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Konrad Adenaur nomidagi jamgʻarmaning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakolatxonasi koʻmagida “E-anticor.uz” elektron platformasidan foydalanish tartibi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash amaliyoti” mavzusida ikki kunlik seminar-trening mashgʻulotlari o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumaniga Davlat statistika qoʻmitasidan respublika vakili etib biriktirilgan Keldiyor Qurbonov ham tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan birgalikda aholi turmush tarzini oshirish yoʻlida mehnat qilmoqda.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida yangi qurilishga yo‘naltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 102253,9 mlrd. so‘mga yetdi hamda jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 53,8 % ini tashkil etdi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatimizda terapevtik ixtisosligi bo‘yicha shifokorlar soni 23,1 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda 3,4 ming nafarga oshganligini ko‘rish mumkin.

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Buxoro viloyati aholi jon boshiga umumiy daromadlari 15 511,7 ming so‘mni, real o‘sish sur’ati esa 107,4% ni tashkil etdi.

Davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarning umumiy hajmidagi eng yuqori ulush Toshkent shahri (38,3 %), Toshkent (7,3 %), Samarqand (6,5 %) va Farg‘ona (6,2 %) viloyatlari kabi hududlarga to‘g‘ri keldi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida tashish va saqlashda 30 006,5 mlrd.so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2018- yilning mos davriga nisbatan 27,8 % ga oshgan.