Qo`mita yangiliklari

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari tarkibida qayta ishlash sanoati bo`yicha hududda o`zlashtirilgan investitsiyalarning 30,8 % i o`zlashtirildi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahri  jismoniy tarbiya bilan shugʻullanuvchilar ulushi 71,1 foizni tashkil etib, ulardan 77,1 foizi erkaklar, 65,3 foizi ayollardir.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi “Yoshlar qanoti” tashabbusi doirasida “Oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari” mavzusida onlayn muloqot tashkil qilindi.

 Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʻminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.

Joriy yilning 15- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent moliya instituti hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.

2022-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan savdo xizmatlari hajmi Toshkent shahrida 871,3 mlrd. so‘mga yoki 14,6 foizga o‘sdi. Shu bilan birga, Toshkent – 112,2 foiz va Navoiy viloyatlarida – 110,6 foiz yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi.

2022- yilning  yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati 2,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,6 ming tonna qalampir eksport qilgan.

2020/2021- o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarida huquq yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar soni 7,2 ming nafarni tashkil etgan.

2021-yil yanvar-dekabr oylarida respublikamizda jami 10 859,3 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan.

Davlat idoralarining "Ochiqlik indeksi"ni aniqlash va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida tuzilgan ishchi guruh tomonidan respublikadagi barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining faoliyati monitoring qilindi.

2020/2021- o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarida gumanitar yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar soni 268,6 ming nafarni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-fevral oylarida Toshkent shahrida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi o‘sishi qayd etildi. Ushbu hududda ularning hajmi 118,3 mlrd. so‘mga yoki 11,4 foizga o‘sdi.

2022- yilning yanvar - fevral oylarida Toshkent shahrida bino va inshootlar qurilishi bo`yicha 2371,7 mlrd.so`m qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlarining 61,3 % ini tashkil etdi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 8 770,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 4,0 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar - fevral oylarida Xorazm viloyatida bino va inshootlar qurilishi bo`yicha 338,8 mlrd.so`m qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlarining 71,2 % ini tashkil etdi.

2022- yilning 1- aprel holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 542 672 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 109,8 foizga oshgan. Jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 88,3 foizini (479 086 ta) tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.

2022- yilning 1- aprel holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 92 064 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkichni 2021- yilning mos davri bilan solishtirganimizda 107,6 foizga oshgan.

Buxoro viloyatida 2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 34,9 % ini tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrda: