Qo`mita yangiliklari

 Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirildi.

Respublikamizda 2021- yilning yanvar- dekabr oylarida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2017- yilning mos davri bilan solishtirilganda 158,8 foizga oshgan bo‘lib, yillar kesimida quyidagicha qayd etilgan:

2020/2021- o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarida huquq yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar soni 7,2 ming nafarni tashkil etgan.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida boshqa noruda mineral mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha respublika korxonalari tomonidan 20,3 trln. soʻm mahsulotlar ishlab chiqarilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan fizik hajm koʻrsatkichi 106,4 % ni tashkil yetdi.

2021-yil yanvar-dekabr oylarida respublikamizda jami 10 859,3 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida bino va inshootlarni qurish ishlarining jami qurilish ishlaridagi ulushi 69,4 % ni tashkil etib, 2020- yildagi ko`rsatkichga nisbatan 5,1 % punktga kamaydi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning eng katta hajmi Toshkent shahrida kuzatilib, respublikadagi jami investitsiyalarning 23,5 % ini yoki 57,6 trln. so`mni tashkil etdi. Shuningdek bu ko‘rsatkich Toshkent viloyatida 11,4 % ni yoki 27,8 trln. so‘m miqdorida qayd etildi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 3 233,2 mlrd. so‘mga oshib 11 772,6 mlrd. so‘mga yetdi yoki bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,2 % ini tashkil etdi. 2020- yilga nisbatan o‘sish sur’ati 128,7 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yil yanvar-dekabr oylarida yo‘lovchi aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 95,2 % ni tashkil etdi.

2021- yilda sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 8,7 % ga o‘sish kuzatilgan. Ushbu tarmoqdagi ijobiy dinamika, asosan tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining qo‘shilgan qiymati 10,7 % ga (2020- yilda 22,0 % ga kamayish, 2019- yilda 0,6 % ga kamayish) hamda ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 8,2 % (2020- yilda – 7,9 %, 2019- yilda – 6,6 %)ga o‘sishi hisobiga ta’minlandi.

2020/2021- o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarida gumanitar yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar soni 268,6 ming nafarni tashkil etgan.

Oʻzbekistonda 2021-yilning yanvar-dekabr oylarida 5 054,8 ming tonna koʻmir ishlab chiqarilgan. Oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan koʻmir ishlab chiqarish hajmi 923,0 ming tonnaga oshgan yoki oʻsish surʼati 122,3 foizni tashkil etgan.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 2 640,4 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 11 286,9 ming tonna – sut, 8 053,1 mln. dona – tuxum, 22,8 ming tonna – pilla xom-ashyosi ishlab chiqarildi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida aholi jon boshiga yangi qurilish ishlari bo‘yicha quyidagi hududlarda yuqori hajmlar, xususan, Toshkent shahrida – 6383,4 ming so‘m, Navoiy viloyatida– 3821,4 ming so‘m,  Buxoro viloyatida – 2189,0 ming so‘m, Sirdaryo viloyatida – 2095,6 ming so‘m, Xorazm viloyatida – 1844,7 ming so‘m  va Jizzax viloyatida– 1771,7 ming so‘m qayd etildi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida bank kreditlari va boshqa tashkilotlarning qarz mablag‘lari hisobidan o`zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning eng katta ulushi Namangan viloyatida kuzatildi. Bu hududdagi jami investitsiyalarning 16,6 % i mazkur moliyalashtirish manbai hisobidan o`zlashtirildi.

2021-yilning yanvar-dekabr oylarida ko‘rsatilgan transport xizmatlari hajmi 67 418,3 milliard so‘mni tashkil etib, 2020-yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 16,0 % ni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida ushbu turdagi xizmatlar ulushining ustunligi saqlanib qolmoqda – 23,8 %.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik (biznes)da yo‘lovchi aylanmasi 114681,5 mln. yo‘l km.ni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 106,4% ni tashkil etdi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, YAIM o‘sishi 7,4 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 92,8 % ini tashkil etdi va 7,5 % ga o‘sdi (YAIM mutlaq o‘sishiga ta’siri 6,9 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 7,2 % ni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 6,7 % ga o‘sdi (YAIM mutlaq o‘sishiga ta’siri – 0,5 f.p.).