Qo`mita yangiliklari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi tumanlarda tanlab olingan mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida kuzatuvlar oʻtkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 114-son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, hududlarda tanlab olingan tumanning mahalla xaritalari yordamida tumanning tashkiliy rejasini tuzish ishlari amalga oshirilmoqda.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston aholi jon boshiga umumiy daromadlari 10,8 mln soʻmni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida savdo tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulushi chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ga to‘g‘ri kelib, 61,4 % ni tashkil etgan.  

2024-yilning yanvar-iyun oylarida 15,6 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 1 072,1 ming tonna meva yetishtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 44,2 % ni tashkil etgan.

2024-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, chet el investitsiyasi ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 13 880 tani tashkil etgan.

2024- yil 12-avgustdan  19-avgust  kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Surxondaryo (44,4 %) va Jizzax (37,5 %) viloyatlarida, sanoatning eng yuqori ulushi Navoiy (75,1 %) va Toshkent (49,2 %) viloyatlarida kuzatilgan.

So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar–iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 1 704 ming tonna kartoshka yetishtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 9,8 trln soʻmni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, ta’lim sohasida 6 129  ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi tumanlarda tanlab olingan mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida kuzatuvlar oʻtkazilmoqda.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida 10,7 ming nafar Fransiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Joriy yilning 9-avgust kuni Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi xodimlari uchun Aholi turmush darajasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent shahri 19 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shgan.