Qo`mita yangiliklari

  “Oʻzbekiston iqtisodiy axborotnomasi” jurnalining 2024-yil 6-avgustdagi 1-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Raqamli texnologiyalar va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Shaxboz Samadovning “Milliy statistika tizimida yangi axborot manbalaridan foydalanish jarayonlarida raqamli texnologiyalarning oʻrni” nomli maqolasi chop etildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik qurilish tashkilotlari boʻyicha yangi qurilishning jamidagi ulushi 33 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa bu koʻrsatkich 46,5 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 62 687,7 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-iyul holatiga koʻra, 288 548 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Norasmiy va yashirin iqtisodiyotni statistik baholash bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

2024-yilning 6-avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan “Oʻzbekistonda norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash natijalari” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida 17,7 ming nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2024-yil 6-avgustdagi 156-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Baxodir Abdusalomovichning “Yashirin iqtisodiyot imkoniyatni cheklab, nomutanosibliklar keltirib chiqaradi” nomli maqolasi chop etildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 260 182,6 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 5 650 tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalari va motosikllarni taʼmirlash iqtisodiy faoliyat turi boʻyicha  6,1 trln soʻm asosiy  kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik qurilish tashkilotlari boʻyicha yangi qurilish hisobidan 18,3 trln soʻmlik, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa 25,7 trln soʻmlik ishlar bajarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 58 935,9 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-iyul holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 45 759 ta tadbirkorlik subyektlari  roʻyxatdan oʻtgan.

Zamonaviy texnologiyalar taraqqiy topib borayotgan bugungi kunda plastik kartalardan pul oʻgʻirlanishi, onlayn firibgarliklar, qisqa qilib aytganda, kiberjinoyat qurbonlari soni ortib bormoqda.

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-iyul holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1 000 aholiga 13 birlikni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida 19,6 ming nafar Janubiy Koreya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga kelgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, qurilish tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 33 200,3 mlrd soʻmni tashkil etgan.