Qo`mita yangiliklari

2023/2024-o‘quv yili boshida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan kollejlar soni 153 tani tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 411,3 tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 38,7 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlarida qishloq joylarda respublika boʻyicha 67 766 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Joriy yilning 1-aprel kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2023-yilda 10 va undan katta yoshlilar orasidan mobil telefondan foydalanuvchi aholi ulushi 99,1 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikada sigirlarning umumiy bosh soni 5 046,3 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 101,8 % ni tashkil qildi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida reklama va bozor konyunkturasini oʻrganish sohasidagi xizmatlar hajmi 436,7 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 - yil 4 - martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son qarorining 32 - bandida Statistika agentligiga hisobot topshiruvchilar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari xodimlarining statistika yo‘nalishida savodxonligini oshirish vazifalari belgilangan edi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 8,9 % ni yoki 4,1 trln. soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 15,8 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi  ulushi 97,6 % ni tashkil etdi.

2023-yil yakunlariga koʻra, tashish va saqlash, axborot va aloqa sohasining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 7,7 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi markaziy apparati server qurilmalarida texnik-profilaktika ishlar olib borilayotganligi sababli joriy yilning 1-aprel kuni Agentlikning  axborot tizimlari va interaktiv davlat xizmatlari ish faoliyatida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 544 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.

2023/2024-oʻquv yili boshida, Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar maktablarida tahsil olayotgan oʻquvchilar 194,6 ming nafarni tashkil etib, shundan oʻgʻil bolalar 143 ming nafar, qiz bolalar 51,6 ming nafarni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 339 tonna dudlangan va yarim dudlangan kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 14,3 % ga oshgan.

Statistika agentligi tomonidan, mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

Iste’mol narxlari indeksi (INI) iste’mol sektoridagi inflyatsion jarayonlarning asosiy indikatori sifatida alohida o‘rin egallab, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda hal qiluvchi ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikada yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 14 142,4 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 102,1 % ni tashkil etdi.