Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-iyun oylarida 2 milliondan ortiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan Surxondaryo viloyati boʻyicha 47 200 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 29,4 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davrida 28,1 %ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida umumiy foydalanishdagi temir yoʻl orqali joʻnatilgan yuklarning umumiy hajmiga nisbatan katta ulushni turli rudalar (13,2 %), neft yuklari (8,9 %), koʻmir (7,3 %), qurilish yuklari (7,0 %), kimyoviy va mineral oʻgʻitlar (4,7 %) va boshqa yuklar (51,1 %) egallaydi.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 9 223,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 4,4 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 038,2 ming dona avtomobil oʻrindiqlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,6 %ga oshgan.

2023-yilning 1-avgust holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 476 701 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan 66 512 tasi xususiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Qashqadaryo viloyatida 2023- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 21,2 %ni tashkil etdi.

Sizni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan  2023-yil 22-avgust kuni soat 12:00da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Statistika agentligining xalqaro axborot almashinuvi va xalqaro reytinglarda erishilayotgan natijalari” mavzusida tashkil etiladigan matbuot anjumanida ishtirok etish uchun taklif etamiz.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 139,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 63,4 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 45,6 %ni tashkil etdi.

 2023-yilning yanvar-iyul oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida jami 3,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasidagi kinoteatrlar soni jami 76 tani tashkil qilib, tashrif buyuruvchilar soni jami 830,5 ming kishini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan Buxoro viloyati boʻyicha 24 760 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi  21,0 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davrida 21,3 %ni tashkil etgan.

2023- yilning 18-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Presidenti huzuridagi Statistika agentligida “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2023-yil 18-avgustdagi 164-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovichning “Biryoʻla ikki reytingda koʻtarilish” nomli maqolasi chop etildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Italiyadan Oʻzbekistonga 9 268 nafar turist tashrif buyurgan.