Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Fargʻona viloyati boʻyicha 10 193 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, Toshkent viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 74,6 %,  transfertlardan olingan daromadlar 16,0 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 9,4 %ni tashkil etadi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 1 020,0 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirildi. Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 105,0 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 281,3 ming dona televizorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 14,6 % ga oshgan.

Toshkent viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transporti orqali yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 59,8 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyati boʻyicha 2 731,5 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Samarqand viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 1005,5 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va jami investitsiyalardagi ulushi  8,2 %ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda barcha korxona va tashkilotlarga quyosh panellarini o‘rnatish yuzasidan bergan topshiriqlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi binosida ham quyosh panellari o‘rnatildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Sirdaryo viloyati boʻyicha 2 394 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 66,6 %, transfertlardan olingan daromadlar 24,7 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 8,7 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 243,2 ming tonna poliz ekinlari yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 105,8 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni kuchaytirish zamonaviy davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

2023-yilning yanvar-iyun oylari davomida trolleybus transportida 344,7 ming yoʻlovchi tashilgan boʻlib, bu esa 2022-yilning mos davriga nisbatan 53,1 % (225,1 ming. yoʻlovchi)ga koʻpdir.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, savdo tarmog‘ida 29 423,0 mlrd.so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2019- yilning yanvar-iyuniga nisbatan 1,4 barobarga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 28,3 ming dona muzlatkichlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 martaga oshgan.

2023-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 673 397 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etdi. Ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 71 053 taga oshgan, o‘sish sur’ati esa 111,8 %ni tashkil etdi.

Toshkent shahrida 2023-yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transporti orqali yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 67,0 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati boʻyicha 3 122,4 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.