Qo`mita yangiliklari

2020-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida respublikada yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 54,8 mingtani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy  viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 592,7 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  107,8 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Samarqand viloyati boʻyicha 10 334 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, Surxondaryo viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 63,6 %,  transfertlardan olingan daromadlar 31,7 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 4,7 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 3 300,2 ming tonna sabzavotlar yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,3 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari davomida tramvay transportida 1 742,7 ming nafar yoʻlovchi tashilgan boʻlib, bu esa 2022-yilning mos davriga nisbatan 374,2 mingga koʻpdir.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog’ida 29 099,3 mlrd.so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 233,4 ming dona kir yuvish mashinalari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 9,1 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 1 670,9 ming tonna kartoshka yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,3 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda jami 296 755 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.

Sirdaryo viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transporti orqali yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 84,6 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyati boʻyicha 4 493,9 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo  viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 1141,1 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  116,8% ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida 18 ta teatr faoliyat yuritmoqda.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Surxondaryo viloyati boʻyicha 8 569 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, Samarqand viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 55,9 %, transfertlardan olingan daromadlar 34,8 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 9,3 %ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-iyun oylari yakuniga koʻra, barcha qatnov turlari boʻyicha jami temir yoʻl transportida tashilgan yoʻlovchilarning 14,6 % yoki 720,0 mingtasi “Afrosiyob” tezyurar poyezdida tashilgan. Bu esa oʻrtacha bir kunda 4,0 ming yoʻlovchi ushbu transport turidan foydalanganini koʻrsatmoqda.