Qo`mita yangiliklari

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga Respublikamizdagi akademik litseylar soni 85 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-may oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 361 735 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

2023-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 29,0 ming tonna – goʻsht (2022-yilning yanvar–martiga nisbatan 106,3 %), 120,3 ming tonna - sut (104,2 %), 120,7 mln. dona – tuxum (104,9 %) yetishtirildi va 739 tonna – baliq (215,6 %) ovlandi.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida sugʻurta xizmatlari hajmi 2 244,5 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 139,9 % darajasida qayd etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 140,1 ming dona avtomobil korpuslari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,2 martaga oshgan.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 7,7% ni, sanoat – 74,4 % ni, qurilish – 3,3 % ni va xizmatlar sohasi – 14,6 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 596 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar-may oyida bu sohada 629  ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Xorazm viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 92,5 % ni tashkil etdi.

2022-yilda respublikamizda namoyish etilgan konsertlar soni 4 691 ta boʻlib, shundan 849 tasi qishloq joylarida namoyish etildi.

2023-yilning yanvar-may holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son farmonining ijrosi bo‘yicha barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq qilish yuzasidan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

 Namangan muhandislik qurilish inistitutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Namangan viloyati statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

Joriy yilning yanvar-aprel oylari natijalariga koʻra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 398,8 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 133,2 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 4 399,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 3,7 % ga o‘sdi.

2023-yil 1-iyun holatiga ro‘yxatdan o‘tgan savdo korxonalarining soni 210 074 tani tashkil etib, 2019 - yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan. Ularning so‘nggi besh yildagi dinamikasi quyidagicha:

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1,2 ming tonna apelsin sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 11,4 % ga oshgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 37219,5 milliard so‘mni yoki 2022- yilning yanvar- martiga nisbatan o‘sish sur’ati 119,6 % ini tashkil qildi.