Qo`mita yangiliklari

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamiz kinoteatrlarida kinonamoyishlar soni jami 81 414 tani tashkil etdi. Ushbu koʻrsatkichni oʻtgan yilga nisbatan solishtirilganda 8,5 martaga oshgan.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida FHDYO organlari tomonidan Fargʻona viloyati boʻyicha 30 813 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 25,6 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davrida 26,1 %ni tashkil etgan.

2023-yilning 1-may holatiga koʻra xizmatlar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar umumiy sonida savdo faoliyati bilan band boʻlganlarning ulushi 45,3 % yoki 151 406 birlik bilan ustunlik qiladi, shundan 99,5 foizi (150 709 birlik) kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 32,4 % ni, sanoat – 20,8 % ni, qurilish – 5,7 % ni va xizmatlar sohasi – 41,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 295,7 tonna pishloq ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 62,2 % ga oshgan.

2023- yil 1- may holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 12 989 ta bo‘lib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan. Ularning so‘nggi besh yildagi dinamikasi quyidagicha:

Xorazm viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 93,5 % ini tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrda:

2023-yilning yanvar-aprel oylarida Jizzax viloyatida jami 1,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Buxoro viloyati boʻyicha 952,5 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 22,7 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga mamlakatimizdagi kinonamoyishlar soni jami 81 414 tani tashkil etgan boʻlsa, shundan 67 109 tasi yoki 82,4 % i milliy filmlar va 14 305 tasi yoki 17,6 % i xorijiy filmlarni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida FHDYO organlari tomonidan Sirdaryo viloyati boʻyicha 7 121 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 25,9 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davrida 26,5 %ni tashkil etgan.

Statistika agentligi tomonidan, mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

2023- yilning may oyida oylik INI 100,5 % ni, 2022- yilning dekabriga nisbatan esa 103,8 % ni tashkil etdi. INI o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati joriy yilning yanvar-mayida 0,7 % ga yetdi.

2023- yilning 30-31- may kunlari Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikada faoliyat yuritayotgan kinoteatrlar soni 76 tani tashkil etib,  ushbu kinoteatrlarning hududlar boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha:

Joriy yilning 31- may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida “Milliy iqtisodiyotni isloh qilish va barqaror rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.