Qo`mita yangiliklari

Respublikamizda 2022- yilning yanvar- aprel oylarida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 144,8 foizga oshgan bo‘lib, yillar kesimida quyidagicha qayd etilgan:

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning 1- aprel holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni hududlar kesimida, eng ko‘p Toshkent shahrida – 96 750 ta yoki jami faoliyat ko‘rsatayotganlarning 20,3 % ni tashkil qildi.

2022- yil 1- may holatiga roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari soni 517 501 tani tashkil etib, hozirda ularning 484 935 tasi faoliyat koʻrsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning 1- aprel holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha, eng ko‘p savdo sohasida – 161 294 ta yoki jami faoliyat ko‘rsatayotganlarning 32,8 % ni tashkil qildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, aholini  ro‘yxatga olish tadbiri 2023-yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

2022- yilning 30- may kuni Davlat statistika qo‘mitasida kadrlar salohiyatini oshirish, tizimda ilg‘or va zamonaviy metadologiyalarni keng targ‘ib etish maqasadida navbatdagi onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Mamlakatimiz eksport-importida turizm hajmining toʻliq hisobga olinishini taʻminlash, turizm statistikasi koʻrsatkichlari va yordamchi hisobini shakllantirish uchun zarur boʻlgan maʻlumotlami yigʻish tizimini takomillashtirish maqsadida, Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan joriy yilning 10- mayidan 10- iyuniga qadar kiruvchi va chiquvchi turizm boʻyicha tanlanma kuzatuvlar oʻtkazilishi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4906-son farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 14-iyuldagi PQ-3133-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Nuroniy” jamgʻarmasi tomonidan mamlakatimizda iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida koʻp yillar davomida halol va samarali mehnat qilayotgan pensiya yoshidagi yurtdoshlarimizdan bir talayi taqdirlandi.

 Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʻminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.

Avval xabar berganimizdek, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlangan edi.

Joriy yilning 27-may kuni Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning statistik tahlilini takomillashtirishning nazariy va uslubiy jihatlari” xalqaro  ilmiy-amaliy anjumani tashkil qilindi.

2022- yilning yanvar-aprel oylarida respublika boʻyicha 16 256 ta ajralish holatlari qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston 48 ta xorijiy davlatlardan qiymati 1,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 153,3 tonna kofe mahsulotlarini import qilgan.

Joriy yilning 27- may kuni Davlat statistika qo‘mitasida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda demografiya va mehnat statistikasini takomillashtirish bo‘yicha vebinar o‘tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, aholini  ro‘yxatga olish tadbiri 2023-yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Qashqadaryo viloyatida 2022- yil 1- aprel holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga  9,4  birlikni tashkil qildi.

2022- yil 1- may holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalarining soni 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 barobarga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Respublika budjeti hisobidan o`zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning eng katta ulushlar uchta hududda kuzatildi: Toshkent shahrida 5,3 %, Surxondaryo viloyatida 4,9 % va Qoraqalpog`iston Respublikasida jami investitsiyalarning 4,0 % i aynan shu moliyalashtirish manbai hisobidan o`zlashtirildi.