Qo`mita yangiliklari
04/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
Fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 15,7 % ni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 0,7 % punktga ko‘paydi.
04/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar–sentabr oylarida iqtisodiyotning nodavlat sektorida 135992,3 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Mazkur ko‘rsatkich jami investitsiyalar hajmida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 83,0 % ni tashkil etdi, shuningdek, Jizzax viloyatida – 90,5 % ga yetdi, Qashqadaryo viloyatida – 87,6 %, Toshkent viloyati va Toshkent shahri –87,0 % ni, Sirdaryo viloyatida 86,6 % va Andijon viloyatlarida – 86,4 % ni tashkil etdi.
04/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
YAIM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 1,0 f.p.(2020- yil yanvar-sentabrda – 0,7 f.p.), sanoat tarmog‘i – 2,3 f.p.(2020- yil yanvar-sentabrda – 0,5 f.p. darajasida salbiy hissa), qurilish tarmog‘i – 0,3 f.p. (2020- yil yanvar-sentabrda – 0,5 f.p.) va хizmat ko‘rsatish tarmog’i 2,8 f.p. (2020- yil yanvar-sentabrda – 0,1 f.p.) ijobiy hissa qo‘shdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning o‘sishi hisobiga YAIM 0,5 f.p. (2020- yil yanvar-sentabrda – 0,04 f.p.)ga ko‘paydi.
04/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining yosh bo‘yicha taqsimlanishidan ko‘rish mumkinki, ularning 46,9 % i 31-55 yoshlilar, 18,8 % i 19-30 yoshlilar, 17,4 % i 56 yosh va undan kattalar, 16,9 % ini 18 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etdi.
Xalqaro qatnovda band bo‘lgan yuk avtomobillari soni jami – 5832 ta. Shundan: Ijaraga olingani 2901 tani tashkil qilgan.
2021- yilning yanvar - sentabr oylarida xorijdan O‘zbekistonga qiymati 105,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,2 mln. tonna sement import qilingan.
Oʻzbekiston sanoati statistik to‘plamida sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning turlari bo‘yicha va sanoatning asosiy tarmoqlari: elektroenergetika, yoqilg‘i sanoati, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoati, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, o‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoati, qurilish materiallari sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati bo‘yicha ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan.
03/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent shahrida – 13808,6 ming so‘m (yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda – 110,8 %), Navoiy viloyatida – 11489,1 ming so‘m (yoki 83,2 %), Buxoro viloyatida – 7051,9 ming so‘m (yoki 123,5 %), Jizzax viloyatida – 6351,6 ming so‘m (yoki 96,1 %), Sirdaryo viloyatida – 6092,3 ming so‘m (yoki 98,6 %) va Toshkent viloyatida 5910,8 ming so‘m miqdorida (yoki 119,9 %) qayd etildi.
03/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 5,4 % ni tashkil etdi.
03/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 65,7 % i yoki 2653,4 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.
2021- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 59,0 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 33,3 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.
03/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 21842,9 mlrd. so‘mini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etdi, O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 13349,1 mlrd. so‘mni, boshqa xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan kreditlar 33518,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
03/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 2- noyabr kuni Londondagi Ochiq ma’lumotlar instituti (ODI) tomonidan o‘tkazilgan sammitda odamlarning ma'lumotlarga bo‘lgan munosabati haqida fikr-mulohaza almashildi.
03/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yil oxiriga kichik korxona va mikrofirmalarning yuk avtomobillari soni jami – 49036 tani tashkil etdi. Shundan: Ijaraga olingani 14414 tani tashkil qilgan.
03/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yilda Xorazm viloyatida umumiy xizmatlar tarkibida savdo xizmatlari ulushi eng yuqori – 27,2 % yoki 1 755,2 mlrd. so‘m bo‘ldi.
03/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar - sentabr holatiga ko‘ra, qurilish sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 5 103 tani tashkil etdi.
03/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yil yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot hajmi 14 929,1 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,9 % ga o‘sdi.
03/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yil yanvar - sentabr oylarida respublikamizda 1 888,3 ming tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan.
869-sahifa 1010 dan


