Qo`mita yangiliklari

 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida, sanoat sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 15 451 tani tashkil etdi.

2021- yil 3- noyabr kuni soat 11:00da poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan shu yilning 1–25- noyabr kunlari sinov tariqasida o‘tkazilayotgan aholini ro‘yxatga olish tadbirlari jarayoni yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

 Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino  va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 65,7 % i yoki 2653,4 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

 2021- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Andijon viloyati aholisining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 64,9 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 31,7 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

 2021- yilning yanvar-sentabrida 68711,2 mlrd. so‘m (dollar ekvivalentida 6,5 mlrd. AQSH doll.) yoki 2020- yilning yanvar-sentabriga nisbatan 97,3 % asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

 Hududlar  bo‘yicha  kichik korxona va mikrofirmalarning ovqatlanish bilan ta’minlash tovar aylanmasi hajmi, mlrd. so‘mda

 2020- yilda Toshkent shahrida moliyaviy xizmatlar ulushi eng muhim – 30,6 % yoki 24 474,6 mlrd. so‘m tashkil etdi.

 2020/2021- o‘quv yili  boshiga mamlakatimizda, oliy ta’lim tashkilotlarining sirtqi bo‘limlariga qabul qilingan talabalar soni 36 227  nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda, 27 243 nafarga oshganligini ko‘rish mumkin.

 2021- yil yanvar- sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 27.6 % ni tashkil etdi.

 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida mamlakatimizda 438,3 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan.

 2021- yil yanvar - sentabr oylarida respublikamizda jami 70 275 tonna baliq ovlangan.

Oʻzbekistonda ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasi statistik to‘plamida O‘zbekiston Respublikasi aholisining ijtimoiy rivojlanishi va farovonligi oshishini tavsiflovchi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zida mujassam qilgan. 

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2021- yil 2- noyabrdagi 218- sonida Davlat statistika qo’mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovichning “Aholini ro’yxatga olishning muhim bosqichi” nomli maqolasi chop etildi.

Joriy yilning 1- noyabr kuni Davlat statistika qo’mitasida tadbir tashkil etildi. Unda Shveytsariyaning Bern shahrida BMTning 3- Butunjahon ma’lumotlar forumida ishtirok etib qaytgan qo’mitaning Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Akrom Sultanov so‘z yuritdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida, yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 76 699 tani tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha ovqatlanish bilan ta’minlash tovar aylanmasining eng ko‘pi Toshkent shahri (1292,5 mlrd. so‘m), Toshkent (317,8 mlrd. so‘m) va Samarqand (219,3 mlrd. so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.

2021- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 64,8 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 26,2 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.