Qo`mita yangiliklari

Respublikamizda yanvar-sentabr oylarida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 161,7 foizga oshgan bo‘lib, yillar kesimida quyidagicha qayd etilgan.

 Kichik korxona va mikrofirmalarning  ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi

2020/2021- o‘quv yili boshiga mamlakatimizda Umumta’lim muassasalari 5-9-sinf o‘quvchilarining jami soni 2876,7 ming nafarni tashkil etib, ulardan 1394,5 ming nafari (48,5 %) qizlar va 1482,2 ming nafari o‘gil bolalar (51,5 % ) dan iborat.

 2021- yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 10,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 558 ta elektromobil import qilingan.

 2020- yilda Surxondaryo viloyatida umumiy bozor xizmatlari tarkibida savdo xizmatlarining ulushi eng katta bo‘lib, 38,6 % yoki 3 090,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining umumiy hajmi 107,8 trln. so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 102,8 % ni tashkil etdi. yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 50,4 % ni tashkil qildi.

2021- yil yanvar- sentabr oylarida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi, qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari xodimlarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari (keyingi o‘rinlarda – o‘rtacha oylik ish haqi) har bir iqtisodiy faoliyat turlarida turlicha farqlanadi.

Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil yanvar-sentabr holatiga asosan, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga kora Samarqand viloyatida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar 83,1 % ni tashkil etdi, shundan 20,9 % bir bolali, 28,9 % ikki bolali, 23,5 % uch bolali hamda 9,8 % uy xo‘jaliklarda to‘rt va undan ko‘p bolalilarni tashkil etgan. 16,9 % uy xo‘jaliklarda esa 16 yoshgacha bolalar mavjud emas.

 2020- yilda kichik korxona va  mikrofirmalarning ulgurji savdo tovar aylanmasi  hajmi  96636,3 mlrd. so‘mni  tashkil etgan.

 2020/21- o‘quv yili boshiga mamlakatimizdagi umumta’lim muassasalarida ta‘lim olayotgan 10-11- sinf o‘quvchilar soni 885,3 ming nafarni tashkil etgan.

 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida, respublikamizda savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,8 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

 Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami  118,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 3919,4 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi mos ravishda 2,9 % va 97,1 % ni tashkil etdi.

 Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning  yanvar-sentabr oylarida Respublika bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 0,9 % ni tashkil etdi.

 2020- yilda Sirdaryo viloyatida umumiy bozor xizmatlar tarkibida savdo xizmatlarining ulushi eng katta bo‘lib, 30,0 % yoki 991,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

 Respublikamizda 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 106,1 trln. so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 105,4 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston demografik yillik toʻplamida - Oʻzbekiston Respublikasidagi demografik holatni ifodalovchi koʻrsatkichlar, jumladan ma’muriy-hududiy boʻlinishi, aholi soni, aholining jinsi va yosh tarkibi, hududlar boʻyicha taqsimlanishi, tugʻilish va oʻlim, nikoh va ajrimlar soni hamda aholi migratsiyasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar berilgan.

Joriy yilning 27- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2021- yil III chorak yakunlari bo‘yicha qo‘mitaning kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi belgilangan.