Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-sentabr oylari holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 67,1 %ni,  transfertlardan olingan daromadlar 24,4 %ni hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 8,5 %ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, jami 490 356 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan 66 749 tasi xususiy korxonalardir.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari davomida tramvay transportida 2 584,4 ming yoʻlovchi tashilgan. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 461,9 mingga koʻpdir.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 7 384 dona mototsikl ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,4 barobarga oshgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Fargʻona viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 1,8 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Toshkent viloyati boʻyicha 1 174 nafar egiz tugʻilganlar (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 11 224,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 6,2 % ga o‘sdi.

Joriy yilning 16-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida direktor oʻrinbosari hamda onlayn eʼlonlarni joylashtirish boʻyicha eng ommabop elektron maydonlardan biri boʻlgan “OLX CLASSIFIEDS” MCHJ (Olx – savdo belgisi) rahbari tomonidan oʻzaro hamkorlik Memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Namangan viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilish ishlari umumiy hajmidagi ulushi 90,8 %ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 63,0 %ni,  transfertlardan olingan daromadlar 30,6 %ni hamda  shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 6,4%ni tashkil etadi.

Respublikamizda 2023-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, qurilish sohasida jami  35 127 ta korxona faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda otlar soni 271,8 ming boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,9 %ga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida temiryoʻl transportida 7 425,7 ming nafar yoʻlovchi tashilgan. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 751,4 ming kishiga koʻpdir.

2023- yil 16-noyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan ochiq muloqot tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Qozogʻistondan Oʻzbekistonga 1 174,3 ming nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 2,9 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi.

Avval xabar qilinganidek, Koreya Statistika boshqarmasi delegatsiyasi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va statistika sohasida tajriba almashish maqsadida amaliy tashrif bilan Statistika agentligida bo‘lib turibdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent shahri boʻyicha 25 548,9 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.