Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 29-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Qirg‘iz Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi vakillari o‘rtasida videokonfrensaloqa tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 892,1 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 16,0 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida axborot va aloqa sohasida 2 048 ta yangi korxonalar tashkil etilib, ular 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 barobarga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyunida hududlar boʻyicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning jamiga nisbatan eng koʻp ulushi Toshkent shahri – 17,7 %, Samarqand viloyati – 9,6 %, Fargʻona viloyati – 9,6 %, Qashqadaryo viloyati – 8,1 %, Toshkent viloyati – 7,9 %, Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 7,7 %, Buxoro viloyati – 6,8 % hissalariga toʻgʻri keldi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Fargʻona viloyatida 3,2 trln. soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Toshkent shahrida jami 22,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida 4 ta muzey, 2 ta teatr, 1 ta konsert tashkiloti, 14 ta madaniyat va istirohat bog‘i, 66 ta madaniyat markazi, 1 ta kinoteatr va 259 ta madaniy meros obyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2023-yilning avgust oyida FHDYO organlari tomonidan Toshkent viloyati boʻyicha 6 621 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, Buxoro viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

Statistika agentligi tomonidan, mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

2023- yilning sentabr oyida oylik INI 101,2 % ni, 2022- yilning dekabriga nisbatan esa 105,1 % ni tashkil etdi. INI o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati joriy yilning yanvar-sentabrida 0,6 % ga yetdi.

Avval xabar berganimizdek, 2023-yilning 18–20-sentabr kunlari Birlashgan Аrab Аmirliklarining Dubay shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari monitoringini takomillashtirish va statistika idoralari o‘rtasida hamkorlikni yaxshilash bo‘yicha seminar va sessiyalar tashkil etilgan edi.

2023-yilning avgust oyida FHDYO organlari tomonidan Xorazm viloyati boʻyicha 5 198 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 3 134,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 7,1 %ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 393,3 ming dona televizorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 4,7 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent shahrida 8,9 trln. soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Fargʻona viloyatida jami 6,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalarida o‘rinlar soni 4 440 tani tashkil etgan.