Qo`mita yangiliklari

Jizzax viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 95,0 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo  viloyatida korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan  moliyalashtirilgan 1 699,8 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  11,3 %ga  koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyati boʻyicha 3 298,2 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 037,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 5,1 %ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan Toshkent viloyati boʻyicha 9 525  ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 58,5 %ni tashkil etdi.

2023-yil 1-iyul holatiga, Jizzax viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 928,0 ming boshni (2022-yil 1-iyul holatiga nisbatan 101,3 %), shundan sigirlar – 265,7 ming boshni (101,6 %), qoʻy va echkilar – 2 304,7 ming boshni (101,5 %), otlar – 30,4 ming boshni (103,5 %) hamda parrandalar – 3 881,2 ming boshni (104,8 %) tashkil etdi.

Jizzax viloyatida YAHM hajmi 4,0 % ga o‘sdi va 13 414,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YAHMning tarmoqlar tarkibida o‘sish sur’atlari: qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,5 %, sanoatda 106,3 %, qurilishda, 104,0 % va xizmatlar sohasida 103,3 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 588,4 tonna tortlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,7 martaga oshgan.

2023-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari soni 42 198 ta.

Buxoro viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 56,2 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Surxondaryo   viloyatida korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan  moliyalashtirilgan 751,6 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va jami investitsiyalardagi ulushi 76,2 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Qashqadaryo viloyati boʻyicha 4 480,9 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida FHDYO organlari tomonidan Andijon viloyati boʻyicha 57 901 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan boʻlib oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3 121 nafarga (5,7 %) koʻpaygan.

2023-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Navoiy viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 46,9 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida 2,5 mln nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 21-avgust–1-sentabr kunlari Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamda Birlashgan Vena instituti tomonidan “Iste’mol narxlari indeksi (chuqurlashtirilgan)” mavzusida o‘quv kursi tashkil etilgan edi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2023-yilning yanvar-iyul oylarida ularning ulushi 23,7 %ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar moliyaviy (23,3 %), transport (23,0 %), aloqa va axborotlashtirish (6,8 %), shuningdek, ta’lim sohasidagi xizmatlar bo‘yicha (4,2 %) qayd etildi.