Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 55,2 %ni tashkil etdi. Ma’lumot uchun: mazkur ko‘rsatkich 2022-yilda 57,5 % ni va 2021-yilda 59,8 %ni tashkil etgan.

2023-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan xususiy korxonalar soni 103 996 tani tashkil qilib, so‘nggi besh yilning mos davrlarida ularning dinamikasi quyidagicha:

2023-yilning yanvar-iyul oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarning umumiy hajmidagi eng yuqori ulush Toshkent shahri (40,4 %), Toshkent (6,8 %), Samarqand (6,3 %) va Farg‘ona (5,8 %) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 25 521,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 4,8 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 505,2 ming tonna propan va butan ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 55,3 %ni tashkil etdi.

Andijon viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 70,2 %ni tashkil etdi.

2023- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalari soni 114 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan Samarqand viloyati boʻyicha 13 398 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar–iyun oylarida Xorazm viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 97,2 ming tonna – goʻsht (2022-yilning yanvar–iyuniga nisbatan 109,1 %), 564,7 ming tonna - sut (100,5 %), 244,4 mln. dona – tuxum (100,1 %) yetishtirildi va 7 679 tonna – baliq (117,2 %) ovlandi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 78 111,2 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida aloqa va axborotlashtirish (123,6 %), ta’lim sohasidagi (122,6 %), moliya (121,1 %) xizmatlarida yuqori o‘sish sur’ati qayd etildi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining kamayishi  me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik  sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarda qayd etildi (4,4 %ga).

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 5 862,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 6,3 % ga o‘sdi.

“Правда Востока” gazetasining 2023- yil 3-sentabrdagi 179- sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovichning “O‘zbekiston xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshiladi” nomli maqolasi chop etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 170,2 ming tonna kerosin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,4 martaga oshgan.

2023-yil 1-avgust holatiga ko‘ra,  tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng ko‘pi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Surxondaryo viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrlardan yuqori bo‘lib 91,1 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Fransiyadan Oʻzbekistonga 9 266 nafar fuqaro tashrif buyurgan.