Qo`mita yangiliklari
11/08/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 243,2 ming tonna poliz ekinlari yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 105,8 % ni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni kuchaytirish zamonaviy davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
11/08/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar-iyun oylari davomida trolleybus transportida 344,7 ming yoʻlovchi tashilgan boʻlib, bu esa 2022-yilning mos davriga nisbatan 53,1 % (225,1 ming. yoʻlovchi)ga koʻpdir.
2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, savdo tarmog‘ida 29 423,0 mlrd.so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2019- yilning yanvar-iyuniga nisbatan 1,4 barobarga oshgan.
11/08/2023 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 28,3 ming dona muzlatkichlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 martaga oshgan.
11/08/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 673 397 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etdi. Ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 71 053 taga oshgan, o‘sish sur’ati esa 111,8 %ni tashkil etdi.
Toshkent shahrida 2023-yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transporti orqali yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 67,0 % ni tashkil etdi.
11/08/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati boʻyicha 3 122,4 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
11/08/2023 • Qo`mita yangiliklari
2020-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
11/08/2023 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida respublikada yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 54,8 mingtani tashkil etdi.
11/08/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 592,7 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 107,8 %ni tashkil etdi.
2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Samarqand viloyati boʻyicha 10 334 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
2023-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, Surxondaryo viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 63,6 %, transfertlardan olingan daromadlar 31,7 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 4,7 %ni tashkil etdi.
11/08/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 3 300,2 ming tonna sabzavotlar yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,3 % ni tashkil etdi.
10/08/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar-iyun oylari davomida tramvay transportida 1 742,7 ming nafar yoʻlovchi tashilgan boʻlib, bu esa 2022-yilning mos davriga nisbatan 374,2 mingga koʻpdir.
10/08/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog’ida 29 099,3 mlrd.so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi.
10/08/2023 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 233,4 ming dona kir yuvish mashinalari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 9,1 % ga oshgan.
10/08/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 1 670,9 ming tonna kartoshka yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,3 % ni tashkil etdi.
380-sahifa 1011 dan


