Qo`mita yangiliklari

2023-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda jami 296 755 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.

Sirdaryo viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transporti orqali yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 84,6 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyati boʻyicha 4 493,9 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo  viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 1141,1 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  116,8% ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida 18 ta teatr faoliyat yuritmoqda.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Surxondaryo viloyati boʻyicha 8 569 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, Samarqand viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 55,9 %, transfertlardan olingan daromadlar 34,8 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 9,3 %ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-iyun oylari yakuniga koʻra, barcha qatnov turlari boʻyicha jami temir yoʻl transportida tashilgan yoʻlovchilarning 14,6 % yoki 720,0 mingtasi “Afrosiyob” tezyurar poyezdida tashilgan. Bu esa oʻrtacha bir kunda 4,0 ming yoʻlovchi ushbu transport turidan foydalanganini koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4 194,0 tonna pechenye ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 martaga oshgan.

2023-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda chet el investitsiyalari  ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 12 771 tani tashkil etdi. Shundan qo‘shma korxonalar 4 849 ta va xorijiy korxonalar 7 922 ta.

Surxondaryo viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transporti orqali yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 95,2 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 70 ball toʻplagan holda dunyoda 30-oʻringa ko‘tarildi. Mazkur natija mamlakatimizda ochiqlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning yaqqol ifodasidir. Open Data Inventory (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 195 ta mamlakat baholandi.  

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyati boʻyicha 3 771,9 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax  viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 806,0 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va jami investitsiyalardagi ulushi 12,8 %ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida 2 ta teatr faoliyat yuritmoqda.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Namangan viloyati boʻyicha 6 553 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, Namangan viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 59,9 %, transfertlardan olingan daromadlar 31,6 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 8,5 %ni tashkil etadi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Respublikada 46 476 tonna baliq ovlangan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 111,6 % ni tashkil qildi.