Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmat ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning soni 41 949 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 6,3 foizini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Xorazm viloyati boʻyicha 18 845 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda echkilarning umumiy bosh soni 3 664,5 ming boshni tashkil etdi.

Joriy yilning 21-iyul kuni Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Umid Madaminovning 2023-yilning 4–14-iyul kunlari  Kolumbiyaning Bogota shahrida Oksford Kambag‘allikni qisqartirish va inson taraqqiyoti markazi tomonidan “Ko‘p qirrali kambag‘allik o‘lchovi” bo‘yicha seminardagi ishtiroki natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

2023-yilning 21-iyul kuni Statistika agentligida “Aholini ro'yxatga olish ma'lumotlarini tarqatish” bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda quyonlarning umumiy bosh soni 584,4 ming boshni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha savdo tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 788,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 5,8 % ga o‘sdi.

2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, tashish va saqlash xizmatlari sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 23 720 ta bo‘lib, 2019-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 152,9 foizni tashkil etdi.

Samarqand viloyatida  2023-yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 1403,6 milliard so‘mni yoki 2022-yilning yanvar-martiga nisbatan o‘sish sur’ati 105,4 % ini tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Namagan viloyatida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 0,8 trln. soʻmni tashkil etib, asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan jami investitsiyalardagi ulushi 27,2 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-may oylarida Navoiy viloyati boʻyicha 2 148,8 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida 454 ta sport-taʼlim muassasalari faoliyat yuritmoqda.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Fargʻona viloyati boʻyicha 48 118 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda tuyalarning umumiy bosh soni 19,9 ming boshni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘yicha tashish va saqlash tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 4 496,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 18,0 % ga o‘sdi.

2023- yil 1- iyul holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 95 392 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 318 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 95 074 tani tashkil qildi

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda. Xususan, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar mahalliy kompaniyalarga tashqi bozorlarda ko‘proq tajriba orttirishga imkon beradi. Pirovardida ular jahon savdosida raqobatdosh ustunlikka ega bo‘ladi

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 9,7 ming tonna misdan quvurlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,5 martaga oshgan.