Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar–aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 193 dona liftlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 7,8 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-may holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar, jami yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning 1,6 foizini tashkil etib, so‘nggi besh yilning mos davrlarida ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni quyidagicha:

O‘zbekiston Respublikasida  2023- yil yanvar- mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 37219,5 milliard so‘mni yoki 2022- yilning yanvar-martiga nisbatan o‘sish sur’ati 119,6 % ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Namangan  viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 260,5 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  176,7 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida Toshkent shahri boʻyicha 9 794,1 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda 1 167 ta mehmonxona va shunga oʻxshash joylashtirish obyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (oʻtgan yilga nisbatan 7,6 foizga oʻsgan), shundan 1 088 tasi mehmonxona, 15 tasi motel va 64 tasi qisqa muddatli yashash uchun moʻljallangan boshqa joylar.

2023-yilning yanvar-may holatiga ko‘ra, Jizzax viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 78,3 %ni tashkil etadi.

2023-yil 1-aprel holatiga, Navoiy viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 525,6 ming boshni (2022-yil 1-aprel holatiga nisbatan 103,3 %), shundan sigirlar – 209,6 ming boshni (103,0 %), qoʻy va echkilar – 2 394,5 ming boshni (104,5 %), otlar – 21,1 ming boshni (104,1 %) hamda parrandalar – 3 582,9 ming boshni (105,7 %) tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 666 dona issiqlik nasoslari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 9,4 martaga oshgan.

2023-yilning yanvar-may oylarida FHDYO organlari tomonidan Toshkent viloyati boʻyicha 27 895 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yil yanvar-aprel oylarida respublikada koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 3 449,9 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 9 819 ta bo‘lib, joriy yilning yanvar-may oyida ushbu sohada 1 335 ta korxonalar yangi tashkil etilgan.

Surxondaryo viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 764,5 milliard so‘mni yoki 2022- yilning yanvar-martiga nisbatan o‘sish sur’ati 117,3 % ni tashkil qildi.  

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 10 056,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 0,3 % ga, 2019- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda esa 21,0 % ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida Sirdaryo viloyati boʻyicha 863,5 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga kasb-hunar maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar 184 355 nafarni tashkil etib, o‘g‘il bolalar 135 280 nafar, qiz bolalar 49 075 nafarni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Farg‘ona viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 72,5 %ni tashkil etadi.

2023-yil 1-aprel holatiga, Toshkent viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 941,3 ming boshni (2022-yil 1-aprel holatiga nisbatan 101,7 %), shundan sigirlar – 389,4 ming boshni (101,6 %), qoʻy va echkilar – 1 040,3 ming boshni (103,8 %), otlar – 55,6 ming boshni (100,4 %) hamda parrandalar – 14 989,4 ming boshni (100,4 %) tashkil etdi.