Qo`mita yangiliklari

Buxoro viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 80,5 % ini tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrda:

2023- yilning 1- aprel holatiga Qoraqalpogʻiston  Respublikasi boʻyicha jami doimiy aholi soni 1981,7 ming kishini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 1,3 foizga koʻpaydi.

2023- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Toshkent shahri aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 57,7 %,  shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 22,7 % hamda  transfertlardan olingan daromadlar 19,6 % tashkil etadi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar - mart oylarida Xorazm viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 3 344,9 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 105,6 % ni tashkil qildi.

Joriy yil 12- may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida temiryoʻl transportida 2 498,4 ming yoʻlovchi joʻnatilgan boʻlib, bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 401,7 ming kishiga koʻpdir (2022-yilning yanvar-mart oylarida 2 096,7 ming yoʻlovchi joʻnatilgan).

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 10 618,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yil 12- may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi  tomonidan Toshkent davlat transport universitetida davra suhbati tashkil etildi.

“Янги Ўзбекистон” gezetasining 2023- yil 12- maydagi 92- sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi boshqarma boshligʻi Nurbek Sheraliyevning “Tadbirkorlik rivojining muhim indikatorlari” nomli maqolasi chop etildi

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 79,3 ming tonna asfalt ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 13,9 % ga oshgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida 5 179 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etildi.

Toshkent shahrida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 52,5 % ni tashkil etdi.

2022/2023- o‘quv yili boshida nodavlat umumtaʼlim muassasalarida o‘quvchilar soni 45,9 ming  nafarni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Xorazm viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 59,3 %,  transfertlardan olingan daromadlar 32,2 % hamda  shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 8,5 % tashkil etadi.

2023-yilning yanvar - mart oylarida Fargʻona viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 3 448,6 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,5 % ni tashkil qildi.

2023-yilning aprel oyida mobil telefon uskunalari narxlari mart oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,3 % ga qimmatlashgan.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha tashilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 2 792,8 ming tonnani tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida YAHM hajmi 12 419,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu esa 2022- yilning yanvar-mart oylari ma’lumotlariga nisbatan 3,6 % ga ko‘pdir.