Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra Toshkent shahrida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

Joriy yilning 29-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 29- mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Yangi Oʻzbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Unda agentlikning markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 281,0 tonna pishloq va tvorog ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 29,5 % ga oshgan.

2023-yil yanvar-fevral oylari yakunlari koʻra oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlari hajmi 1,6 trln. soʻmni yoki jami yashash va ovqatlanish xizmatlari (1,9 trln. soʻm) hajmining 85,0 foizini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 2,8 ming tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 54,4 % ga oshgan.

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Navoiy viloyati statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsuloti (YAHM) hajmi 31 499,2 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 3,3 % ga o‘sdi.

2023- yil 1 mart holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, MCHJlardan keyin ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan bo‘lib, ularning so‘nggi yillardagi dinamikasi quyidagicha:

Joriy yilning fevral oyida shaxsiy transport vositalarini yuvish boʻyicha xizmatlar narxlari oʻrtacha 1,0 % ga oshdi.

2022- yilda Buxoro viloyatida umumiy hajmda kichik tadbirkorlikning eng yuqori ulushlariga ega bo‘lgan sohalar – qishloq xo‘jaligida 97,4%, chakana savdoda 85,2 %, qurlilishda 81,1%, xizmatlar sohasida 61,2%, sanoatda 33,9 % ni tashkil etdi.

Xorazm viloyatida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan 3 697 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra Xorazm viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

2023-yil 1-yanvar holatiga umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarning elektrlashtirilgan qismi 1 933,9 kmni tashkil etib, 2017-yil 1-yanvar holatiga (1 353,5 km) nisbatan 580,4 kmga yoki 42,9 %ga oshgan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 835,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilga nisbatan 2,0 % ga o‘sdi.

2022-yilning yanvar - dekabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasining qishloq xoʻjaligi mahsuloti umumiy hajmi 13 389,0 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni tashkil qildi.

2023- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 785 ta bo‘lib, jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardaning 2,0 foiz ulushini tashkil etdi. 

Joriy yilning fevral oyida oʻtgan yilning fevraliga nisbatan sement narxlari 5,5 % ga oshgan.