Qo`mita yangiliklari

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 46,0 % ni, sanoat – 14,4 % ni, qurilish – 6,9 % ni va xizmatlar sohasi – 32,7 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 1 760,6 ming tonna uzum yetishtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 2 296,2 tonna anor sharbati ishlab chiqarilgan.

2022/2023- oʻquv yili boshiga umumtaʼlim muassasalari soni jami 10 522 tani tashkil etdi, ushbu koʻrsatkich 1991/1992 oʻquv yiliga nisbatan 1 965 taga koʻpaygan.

Respublikamizda 2023- yilning 1-fevral holatiga jami 55 966 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Qishloq xoʻjaligi sohasida 2020-2022-yillarda yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi qishloq xoʻjaligi sohasining 3 ta yoʻnalishida tashkil etilgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyatida 19,4 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Buxorо viloyatida jami 8,3 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 100,2 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar oyida respublika boʻyicha 76199 nafar tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra (12 oy davomida), Namangan viloyati aholi jon boshiga umumiy daromadlari 13,9 mln. so‘mni, real o‘sish sur’ati esa 109,9 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6 178,6 tonna olcha sharbati ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 13-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- KB” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik korxona va mikrofirmalar (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida savdo xizmatlarining ulushi 24,8 % ni tashkil etdi.

“Биржа” gazetasining 2023- yil 9- fevraldagi 10- sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi qoshidagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Bahodir Gʻoyibnazarov hamda institut katta oʻqituvchisi Sh. Jumaniyozovning “Korrupsiyaga oid maʼlumotlarning statistik tahlili” nomli maqolasi chop etildi.

Oʻzbekistondan 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida xorijga qiymati 16,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 683 dona yuk avtomobillar eksport qilingan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 25,1 % ni tashkil qildi (2021- yilda– 26,5 %).

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 8 129,3 mln. dona tuxum yetishtirildi.

2023-yilning 1-fevral holatiga jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 572 021 tani (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil qildi.