Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar - may oylarida Qoraqalpog`iston Respublikasida bino va inshootlar qurilishi bo`yicha 1033,4 mlrd.so`m qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlarining 55,8 % ini tashkil etdi.

Kichik korxona va mikrofirmalarning  2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan joriy davrda raqobat  muhiti  yaxshilangan deb baholagan korxonalarning eng ko‘p ulushi hududlar bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida – 60,0% ni, Surxondaryo viloyatida – 47,7% ni, Jizzax  viloyatida – 47,5% ni,  Buxoro  viloyatida – 45,0% ni tashkil etdi.

2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, mamlakatda faoliyat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlarda jami 1 106,1 ming dona shaxsiy kompyuterlar (serverlardan tashqari) mavjud boʻlsa, shulardan 538,9 ming donasi (jami kompyuterlar soniga nisbatan 48,7 %) Internet tarmogʻiga ulangan.

Kichik korxona va mikrofirmalarning  2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan joriy davrda raqobat  muhiti  o‘zgarishsiz deb baholagan korxonalarning eng ko‘p ulushi Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi  – 64,5% ni, Axborot va aloqa – 62,4% ni, Tashish va saqlash – 58,4% ni tashkil etdi.

 2022- yilning yanvar-mart oylarida Xorazm viloyati bo`yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskunalar, transport vositalari va xo`jalik jihozlarini sotib olishga investitsiyalar jami investitsiyalarning 40,6 % ini tashkil etdi. Shuningdek, qurilish-montaj ishlari bo`yicha 53,1 % hamda boshqa xarajatlar bo`yicha 6,3 % investitsiyalar o`zlashtirildi.

 2022- yilning yanvar-mart oylarida Farg`ona viloyati bo`yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskunalar, transport vositalari va xo`jalik jihozlarini sotib olishga investitsiyalar 1322,4 mlrd. so`mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 24 491,0 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2021- yilga nisbatan 5 996,1 mln. AQSH dollariga yoki 32,4 % ga koʻpaydi.

2022 yilning yanvar iyun oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 60 325,4 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021 yilning yanvar iyun oylariga nisbatan 106,2 %ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab turistik safarlarning maqsadlari

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan taqdim etilayotgan statistik maʼlumotlardan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazildi.

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Ijodkor MFYda mazkur bo‘lim xodimlari tomonidan aholi yashash punktlarida xaritalarni oʻrganish ishlari boshlandi.

2022-yilning iyun oyida yil boshidan narxlar pasayishi boʻyicha bodring yetakchi boʻlib, uning narxi 55,8 % ga arzonlashdi. Shu bilan birga, bodring 2022-yilning may oyiga nisbatan 42,4 % ga arzonlashgan.

2022- yilning 1- yanvar holatiga koʻra, aholining mobil aloqa bilan taʼminlanganligi har 100 kishi hisobiga oʻrtacha 73 birlikdan iborat boʻlib, 5 yil odin ushbu koʻrsatkich 68 birlikni tashkil etgan.

2021- yil yakunlariga koʻra, Toshkent shahri boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari 525 028 donani tashkil etib, 2017-yildagi avtomobillar soniga nisbatan 178 499 donaga oshgan (+51,5 %).

2022- yilning yanvar-mart oylarida moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi jami –  1130,0 mlrd. so‘mni tashkil qildi, shundan: maxsus iqtisodiy zonada –  472,0 mlrd. so‘mni, kichik sanoat zonasi –  228,5 mlrd. so‘mni, texnopark –  10,4 mlrd. so‘mni va klasterlarda –  419,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

 2022- yilning yanvar-mart oylarida Toshkent viloyati bo`yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskunalar, transport vositalari va xo`jalik jihozlarini sotib olishga investitsiyalar 1868,3 mlrd. so`mni tashkil etdi.

Kichik korxona va mikrofirmalarning 2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan joriy davrda raqobat  muhiti  yaxshilangan deb baholagan korxonalarning eng ko‘p ulushi

2022- yilning yanvar - may oylarida O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 27,1 % ni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 4,8 % punktga kamaydi.