Qo`mita yangiliklari

2021- yilda  faoliyat ko‘rsatgan tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 36 475 tani (yoki jamiga nisbatan 11,3%) tashkil etdi.  Hududlar bo‘yicha eng ko‘pi Toshkent shahri  (9 764 ta),  Toshkent viloyati  (4 760 ta), Samarqand  viloyati  (2 974 ta) va Navoiy  viloyati  (2 544 ta)  hissalariga to‘g‘ri kelmoqda.

2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida hududlarni obodonlashtirishda 319 dona suv sepadigan avtomobillardan foydalaniladi. Oʻtgan yili ularning soni 35 dona (12,3 %)ga koʻpaygan.

2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jami moddiy madaniy meros obyektlari soni 8 210 tani tashkil etgan boʻlib, shundan 530 tasi (jami moddiy madaniy meros obyektlarining 6,5 %i) diqqatga sazovor joylar hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yil 1-yanvar holatiga turistik firma va tashkilotlar tomonidan 147 686 ta sayyohlik yoʻllanmalari sotilgan.

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra 2021 yil yakunlari bo‘yicha xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha yalpi milliy daromad hajmi Rossiya Federatsiyasida -  4,7 trln. AQSh dollari.

2022- yilning yanvar-mart yakunlariga ko‘ra, tovarlar va xizmatlar importi hajmi 86,6 trln.so‘mni hamda uning YaIM tarkibidagi ulushi 53,2 %ni tashkil etgan.

2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Samarqand viloyatining Samarqand shahrida harakatlanuvchi tramvay qatnov yoʻllarining umumiy uzunligi 12,9 kilometrni tashkil etib (ikki yoqlama hisobdagi foydalanish uzunligi), ushbu yoʻnalishda jami 20 dona tramvay yoʻlovchi vagonlari faoliyat koʻrsatmoqda.

2022- yilning yanvar-mart yakunlariga ko‘ra, tovarlar va xizmatlar eksporti hajmi 63,3 trln.so‘mni hamda uning YaIM tarkibidagi ulushi 38,9 %ni tashkil etgan.

2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Xorazm viloyatining Urganch hamda Xiva shaharlari oʻrtasida xarakatlanuvchi trolleybus qatnov yoʻllarining umumiy uzunligi 35,6 kilometrni tashkil etib (ikki yoqlama hisobdagi foydalanish uzunligi), ushbu yoʻnalishda jami 14 dona yoʻlovchi trolleybuslari faoliyat koʻrsatmoqda.

2022- yilning 1- iyul holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 497 293 tani tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 90 752 tani tashkil qildi (ulushi 18,2 %).

2022- yilning yanvar-mart yakunlariga ko‘ra, asosiy kapitalning yalpi jamg‘arilishi 52,8 trln.so‘mni tashkil etgan va 2021- yilning mos davriga nisbatan 26,3 % ga oshgan. Uning YaIM tarkibidagi ulushi 32,4 %ni tashkil etgan.

Joriy yilning 1- iyul holatiga faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni 56 514 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yil 1-yanvar holatiga turistik faoliyatni amalga oshirgan firma  va tashkilotlar soni 288 tani tashkil etgan, ulardan 61,8 % Toshkent shahrida joylashgan.

2021/2022 oʻquv yili boshiga umumtaʼlim muassasalarida tahsil olayotgan oʻquvchilarning bitta sinfdagi oʻrtacha soni 25 nafarni tashkil etadi, ushbu koʻsatkich Toshkent shahrida 31 nafarni tashkil etadi.

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2022- yil 13- iyuldagi 140- sonida Davlat statistika qo’mitasi raisi o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovichning maqolasi chop etildi.

Toshkent shahar Roʻyxatga olish boʻlimi xodimlariga boshqarma tomonidan maxsus guvohnomalar topshirildi.

2022- yilning yanvar-mart yakunlariga ko‘ra, davlat boshqaruvi organlarining yakuniy iste’mol xarajatlari  hajmi 31,5 trln.so‘mni tashkil etgan va 2021- yilning mos davriga nisbatan 2,0 % ga oshgan. Uning YaIM tarkibidagi ulushi 19,3 %ni tashkil etgan.