Qo`mita yangiliklari

 2022- yilning yanvar-mart oylarida Surxondaryo viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 86,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 52,9 % ga bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 6,8 % punktga kamayib, 6,8 % ni tashkil etdi.

         2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida YAHM hajmi 5,2 % ga o‘sdi va 9 261,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,9 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 18,9 %), sanoatda 106,6 % (24,5 %), qurilishda 107,3 % (7,7 %) va xizmatlar sohasida 104,5 % (48,9 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAHM 3,1 % ga o‘sdi va 2 371,7 ming so‘mni tashkil etdi.

 2022- yil yanvar-mart oylarida jami 23,1 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi. Ulardan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 21,6 trln. so‘m o‘zlashtirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida 1,5 trln. so‘m xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Respublikada 1 864,1 ming tonna sut ishlab chiqarilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 102,2 % ni tashkil qildi.

Birinchi marta e’lon qilinayotgan Global ma’lumotlar barometri 100 dan ortiq mamlakat va 60 mingdan ortiq axborot resurslarini o'z ichiga oladi. Ular xalqaro hamkorlar tarmog'i tomonidan to'plangan va mamlakatning ochiq manbalaridan milliy tadqiqotchilar tomonidan tanlangan asosiy ma'lumotlar asosida,

2021/2022- o‘quv yili boshiga Farg‘ona viloyatida umumta’lim muassasalari soni 987 tani tashkil etib, unda jami 681778 o‘quvchi ta’lim olmoqda.

2022- yilning aprel oyida haydovchilikka tayyorlash boʻyicha kurslar narxlari mart oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 2,8 % ga oshgan.

2022- yil yanvar-mart oylarida jami 23,1 trln.so`m asosiy kapitalga xorijiy investitisya va kreditlar o`zlashtirildi. Uning tarkibida to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar 34,4 % ni yoki 8,0 trln. so`mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida YAHM 8,1 % ga o‘sgan holda 18 884,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Ushbu hududda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,2 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 13,3 %), sanoatda 109,6 % (54,1 %), qurilishda 105,0 % (5,7 %) va xizmatlar sohasida 108,4 % (26,9 %) ijobiy o‘sish sur’atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga YAHM 2021- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 9,4 % ga o‘sdi va 6 407,7 ming so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Farg‘ona viloyatida jami 1570,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 107,3 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-mart oylarida 23124,8 mlrd. so‘m yoki O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga o`zlashtirilgan jami investitsiyalarning 46,2 % i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan o‘zlashtirildi.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida YAHM hajmi 3 127,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-marti oylari ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 5,6 % ga ko‘paydi.

2022- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyati aholining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 64,7 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 24,5 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.v

2022- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, toshkent viloyatida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 1503 tani tashkil etdi.

Navoiy viloyatida 2022- yilning yanvar-mart oylarida jami faoliyat yuritayotgan Elektr, gaz, bugʻ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalash sanoati korxonalari tomonidan 1 317,6 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

  Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022- yilning yanvar-mart oylarida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 28,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida  Oʻzbekiston importida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar: