Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 420,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 722,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
11/07/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlarning kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiyaga investitsiyalar ulushi boʻyicha yuqori natijalar Andijon viloyatida – 42,9 %, Qashqadaryo viloyatida – 41,0 %, Fargʻona viloyatida – 30,9 % kuzatildi.
11/07/2024 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 4 202,4 tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan.
2024-yilning yanvar-may oylarida respublika boʻyicha koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 44 008,4 mlrd soʻmni tashkil etdi.
11/07/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 3,6 % ga oʻsdi.
11/07/2024 • Qo`mita yangiliklari
Respublikamizda 2024-yilning 1-iyun holatiga qurilish sohasida jami 31 085 ta korxonalar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
10/07/2024 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 2 212,4 tonna yogurt ishlab chiqarilgan.
10/07/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 10-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi xodimlari uchun demografiya va mehnat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.
10/07/2024 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-may oylarida qiymati qariyb 1,3 mlrd AQSH dollarlik toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
2024-yilning yanvar-may oylari davomida Italiyadan Oʻzbekistonga 15 319 nafar turistlar tashrif buyurgan.
10/07/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari boʻyicha 6,1 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
10/07/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-may oylarida sayyohlik agentliklar, turoperatorlik xizmatlari, bron qilish va u bilan bogʻliq boshqa xizmatlarining hajmi 890 mlrd soʻmni tashkil etdi.
10/07/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, savdo, yashash va ovqatlanish sohasining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 8,0 % ni tashkil etdi.
10/07/2024 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 36,7 mln juft paypoqlar ishlab chiqarilgan.
10/07/2024 • Qo`mita yangiliklari
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublikadagi qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda parrandalarning umumiy soni 29 127 ming boshga yetgan.
10/07/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning 1-iyun holatiga 14 349 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.
09/07/2024 • Qo`mita yangiliklari
So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
09/07/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 9-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi xodimlari uchun Aholi turmush darajasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.
171-sahifa 1012 dan


