Qo`mita yangiliklari

2024-yilning yanvar-may oylarida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5 812,4 ming soʻmga yetdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Joriy yilning 20–21- iyun kunlari Jeneva shahrida Yevropa statistiklari konferensiyasining 72-yalpi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan shaxsiy kompyuterlar soni oʻrtacha 69 tani tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, yashash va ovqatlanish sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 2 326,3 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikadagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan 21 156 tonna sabzavot yetishtirilgan.

2024-yil 1-iyun holatiga koʻra, jami roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xoʻjaliklari bilan) 937 687 tani tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oylarida yirik korxonalar tomonidan 100,2 mln l tabiiy mineral gazli suvlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 34 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida jami 2 837,4 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 34,6 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar-may oyiga nisbatan 104,5 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-may oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 48 543,8 mlrd soʻmni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turi 7,1 % ga oshgan.

Joriy yilning 21-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Xizmatlar sohasi statistikasi boʻlimi xodimlari uchun xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024- yil 1- may holatiga O‘zbekiston Respublikasida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 32 926 tani tashkil etdi.

“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2024-yil 21-iyundagi 122-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Narxlar statistikasi boshqarmasi boshligʻi Muxtor Umarovning “Xalqaro taqqoslash dasturi mamlakatlar rivojida salmoqli oʻrin tutadi” nomli maqolasi chop etildi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 107,1 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan kir yuvish mashinalari soni oʻrtacha 98 tani tashkil etdi.

Joriy yilning 20-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Sanoat va energetika statistikasi boʻlimi xodimlari uchun sanoat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.