Qo`mita yangiliklari

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng koʻp chakana savdo tovar aylanmasining hajmi Toshkent shahri (29 570,4 mlrd. soʻm), Toshkent (15 980 mlrd. soʻm), Samarqand (15 458 mlrd. soʻm), Fargʻona (15 270,1 mlrd. soʻm), Andijon (13 235 mlrd. soʻm) viloyatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Fargʻona viloyati boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 6 452,2 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 45,9 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Navoiy viloyati boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 5 773 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 2 470,3 tonna tortlar ishlab chiqarilgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-yanvar holatiga qurilish sohasida jami 34 749 ta korxonalar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

2023-yil yanvar-noyabr oylarida respublikamizda koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 98 666,1 mlrd. soʻmga yetgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-noyabr holatiga koʻra, Qashqadaryo viloyatida uy xoʻjaliklarining uy-joy turlari boʻyicha taqsimlanishi:

Respublikamizda 2024-yilning 1-yanvar holatiga qurilish sohasida jami 34 749 ta korxonalar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Jizzax viloyati boʻyicha qurilishda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 1 232,9 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2022/2023-oʻquv yili boshida Andijon viloyatidagi oliy taʻlim tashkilotlarida sirtqi taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 22 278 nafarni tashkil etgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 2 002,7 ming kishini tashkil etgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2023-yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori ulushi savdo xizmatlarida – 41,5 % ni, transport xizmatlarida – 23,9 % ni, yashash va ovqatlanish xizmatlarida 5,5 % ni va shaxsiy xizmatlarda – 5 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent shahri boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 6 669,1 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 14 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Xorazm viloyati boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan 4 789,7 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Joriy yilning 12-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshligʻi Yuldoshev Zoyir Toshkanovich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi tomonidan 2023-yilda hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgani uchun tashakkurnoma va sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 6 952,4 tonna gulqogʻozlar ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 18 159,8 mlrd. soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,3 % ini tashkil etgan.