Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 23-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 2023-yilning 14–16-noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Tejon shahrida Xalqaro mehnat tashkiloti hamda Koreya statistika idorasi tomonidan tashkil etilgan “Osiyo va Tinch okeani mintaqasida Xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi” bo‘yicha 9-seminar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 14 071,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 6,4 %ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 49,6 %ni tashkil etdi.

2023-yilning 24-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti “Statistikani rivojlantirish boʻyicha milliy strategiya: ustuvor vazifalar, ularning bajarilishi va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

Respublikamizda 2023-yilning 1-noyabr holatiga, chet el investitsiyasi ishtrokida 13 019 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Sirdaryo viloyatida jami 3,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

Shu kunlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz boʻylab koʻchat oʻtqazish tadbirlari keng tashkil etilmoqda.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan  viloyatida aholi mablagʻlari hisobidan  moliyalashtirilgan 1,8 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 %ga koʻpaydi.

Buxoro viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrlardan yuqori bo‘lib 58,1 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga koʻra, jami meʼmorchilik, muhandislik izlanishlar, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 6 302,6 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Surxondaryo viloyati boʻyicha 18 526 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 11 116,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 0,2 %ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 60,5 %ni tashkil etdi.

2023-yilning  yanvar-oktabr oylarida Yaponiyadan Oʻzbekistonga 10 737 nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

Joriy yilning 15-17-noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Xanchjou shahrida “Katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data)ni rasmiy statistikada qo‘llash” bo‘yicha to‘rtinchi xalqaro seminar o‘tkazildi. Seminar Xanchjoudagi rasmiy statistika uchun katta hajmdagi ma’lumotlar va ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha global markaz hamda BMTning Statistika bo‘limi (UNSD) tomonidan tashkil etildi.

2023-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 1 264 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 119,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Andijon viloyatida  aholi mablagʻlari hisobidan  moliyalashtirilgan 1,4 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va jami investitsiyalardagi ulushi 11,5 %ni tashkil etdi.