Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida aholi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 23,3 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 %ga koʻpaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida Barqaror rivojlanish maqsadlari” nomli statistika toʻplami nashr etildi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Samarqand viloyati boʻyicha 25 110 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Sirdaryo viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrlardan yuqori bo‘lib, 83,6 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Jahon banki missiyasi bilan “Barqaror hududiy rivojlanishda keng ko‘lamli milliy ma’lumotlar infratuzilmasi” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 407,2 ming dona konditsioner ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 39,7 %ga oshgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsuloti hajmi 13 238,6 ming so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 3,1 % ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 57,0 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami 4 652,6 ming nafar chet el fuqarolari qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Joriy yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 42 945 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 6,3 foizini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida jami 4,8 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Surxondaryo viloyatida aholi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 1,5 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,2 %ga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Jizzax viloyati boʻyicha 9 598 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Toshkent viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 80,0 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4 018,4 ming dona bamper ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,7 % ga oshgan.

Andijon viloyatida YAHM hajmi joriy narxlarda 44 718,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 4,5 % ga o‘sdi.

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2023-yil 19-noyabrdagi 241-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi boshqarma boshligʻi Shohrux Odilovning “Raqamli texnologiyalar milliy statistik maʼlumotlarni qanday qilib bir daqiqada yetkazib beryapti?” nomli maqolasi chop etildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlar ulushi 63,1 %ni tashkil etdi.