Qo`mita yangiliklari

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 775,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 2,9% ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 327,6 ming tonna neft qazib olingan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,1 %ga oshgan.

2023-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 12 807 tani, shundan qo‘shma korxonalar 4 919 ta va xorijiy korxonalar 7 888 tani tashkil etdi.

Surxondaryo viloyatida 2023-yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 1312,6 milliard so‘mni yoki 2022-yilning yanvar-martiga nisbatan o‘sish sur’ati 103,4 % ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-may oylarida Navoiy viloyatida jami 2,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Qashqadaryo viloyatida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 2 636,1 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni jami 7010 tani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, Andijon viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

2023-yilning yanvar–mart oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi tarmogʻida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hajmi 1 269,8 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 101,9 % ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Xorazm viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi tarmogʻida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hajmi 3 268,7 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 105,5 %ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-may oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari boʻyicha Surxondaryo (126,8 %), Namangan (126,1 %), Sirdaryo (125,0 %), Navoiy (124,9 %), Xorazm (124,9 %) viloyatlari va Toshkent shahrida (125,0 %) yuqori oʻsish surʼatlari kuzatildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 112,9 ming tonna toshkoʻmir qazib olingan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 18,2 % ga oshgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 539-son qarori bilan tasdiqlangan “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan taqdim etilgan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri (KTYADR) yuritiladi.

2023-yilning yanvar-may oylarida, qurilish sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 2 127 ta bo‘lib, so‘nggi yillarning mos davrida ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalarning soni quyidagicha:

Andijon viloyatida 2023-yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 1196,3 milliard so‘mni yoki 2022- yilning yanvar-martiga nisbatan o‘sish sur’ati 100,9  %ni tashkil qildi.  

2023-yilning yanvar-may oylarida Qashqadaryo viloyatida jami 3,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Jizzax  viloyatida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 1 623,7 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga shifoxona muassasalari soni jami 1328 tani tashkil etdi.