Qo`mita yangiliklari

 Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida viloyatdagi mahalliy va davlat hokimiyati organlari iqtisodchi xodimlari uchun “Statistika asoslari” boʻyicha oʻquv kursi tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 31 920,4 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi, boshqa xizmat turlariga nisbatan eng yuqori yaʼni, 24,0 foizni tashkil etdi. Moliyaviy xizmatlarning oʻsish surʼati 118,4 % darajasida qayd etildi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 629,9  mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 2,6 % ga o‘sdi.

2023- yil 29- may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi  tomonidan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida davra suhbati tashkil etildi. Unda Statistika agentligi markaziy apparati boshqarma boshliqlari, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.

“Правда Востока” gazetasining 2023- yil 26- maydagi 102- sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi boshqarma boshlig‘i Botir Irgashevning “ O‘zbekiston tashqi savdosi: barqaror o‘sish dinamikasi” nomli maqolasi chop etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 15,8 ming tonna metil spirti ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,2-martaga oshgan.

2023-yilning 1-may holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 12 989 tani tashkil etdi. Ularning hududlar kesimidagi  soni quyidagicha taqsimlandi:

Sirdaryo viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 84,8 % ni tashkil etdi, jumladan:

2023-yilning yanvar-mart oylarida Andijon viloyati boʻyicha 1 612,8 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 57,6 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida Surxondaryo  viloyatida jami 2,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida FHDYO organlari tomonidan Navoiy viloyati boʻyicha 8 121 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahri aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 48,6 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davrida 48,7 %ni tashkil etgan.

2023-yil yanvar-aprel oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 31 648,3 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turining oʻsish surʼati 111,7 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatining aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 1,4 % ga o‘sdi va 3 008,4  ming so‘mni tashkil etdi hamda 2019- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 11,4 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 330,4 ming tonna dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 72,5 % ga oshgan.

O‘zbekistonda 2023-yilning 1-may holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 425 958 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 422 282 tani tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-dekabrida Farg‘ona viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 31 921,5  mlrd. so‘mni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi  dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligi xissasiga to‘g‘ri kelib – 18 640,4  mlrd. so‘mni, kichik korxonalar va mikrofirmalar esa – 13 281,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpogʻiston  Respublikasi boʻyicha 720,9 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 34,7 % ni tashkil etdi.